MESETA

MESETA, Kastiliya yassitogʻligi — Ispaniya va Portugaliyadagi yassitogʻlik, Pirenei ya. o. ning katta kismini egallaydi. Asosan, kristall jinslardan tuzilgan. Plato, uncha baland boʻlmagan massiv va togʻ oraligʻi botiqlaridan iborat, gʻarbida tektonik yoriklar bilan kuchli parchalangan. Aksari qismining bal. 600—1200 m. M. ning oʻrta qismini egallagan Markaziy Kordilyera togʻlari (eng baland joyi 2592 m. Almansor togʻi) yassitogʻlikni Eski Kastiliya va Yangi Kastiliya yassitogʻliklariga ajratib turadi. Iklimi Oʻrta dengiz boʻyiga xos, quruq iqlim. Asosiy daryolari Duero, Taxo, Gvadiana. Oʻsimlik dunyosi kserofit butalar va dasht oʻsimliklaridan, shim.-gʻarbiy qismida siyrak keng bargli va igna bargli oʻrmonlardan iborat. Donli ekinlar ekiladi, bogʻlar va tokzorlar barpo qilingan. Yaylov chorvachiligi rivojlangan. Madrid sh. M. da joylashgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x