PETRUSHKA

PETRUSHKA (Petroselinum L.) – soyabonguldoshlar oilasiga mansub bir yoki ikki yillik oʻt oʻsimliklar turkumi, sabzavot ekini. Vatani — Oʻrta dengiz boʻylari. 4 turi bor, shundan poliz P. turi (P.sativum) ekiladi. Bi-rinchi yili barg va ildizmeva hosil qiladi. Barglari 3-marta patsimon ker-tikli. Ikkinchi yili oʻsimlik uzun sershox poya chiqarib gullaydi. Gullari mayda, chetdan changlanadi, toʻpguli — … Читать далее

PELOPONNES

PELOPONNES — Gretsiya jan. dagi yarim orol. Bolqon ya. o. ning janubiy qismi, materikka Korinf boʻyni orqali tutashgan. Mayd. 21,4 ming km2. Ioni va Egey dengizlari bilan oʻralgan. Qirgʻoq chizigʻi notekis. Peloponnesning jan. qismi toʻrtta yarim oroldan iborat. Re-lyefi togʻlik. Aksari qismining bal. 800— 1200 m. Eng baland joyi 2404 m (Tayget tizmasidagi Ayos-Ilias choʻqqisi). … Читать далее

POKISTON

POKISTON, Pokiston Islom Respublikasi (Islami Jamhyriya Pakistan) — Osiyo jan. da, Hindiston ya. o. ning shim.-gʻarbidagi davlat. Mayd. 803,9 ming km2. Aholisi 147,6 mln. kishi (2002). Poytaxti — Islomobod sh. Maʼmuriy jihatdan 4 provinsiya, federal poytaxt hududi va federal xukumat tomonidan boshqariladigan qabilalar hududiga boʻlingan. Davlat tuzumi. Pokiston — Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdoʻstlik tarkibiga kiruvchi … Читать далее

MOYLI EKINLAR

MOYLI EKINLAR — urugʻi va mevasidan moy olish uchun ekiladigan ekinlar guruhi. Gulxayridoshlar (gʻoʻza), murakkabguldoshlar (kungaboqar, maxsar), labguldoshlar (perilla, lalleman-siya), butguldoshlar (raps, xantal), dukkakdoshlar (soya, yer yongʻoq) va b. turli botanik guruxlarga mansub bir yillik va koʻp yillik oʻsimliklarni oʻz ichiga oladi. Bulardan baʼzilari qotuvchi moy beradigan daraxtlar (kokos palmasi va moyli palma, kakao, tunga), … Читать далее

PORT-SAID

PORT-SAID — Misrning shim.shar-qiy qismidagi shahar, Oʻrta dengiz sohilida, Suvaysh kanaliga shim. tomondan kiraverishda. Port-Said muhofazasining maʼmuriy markazi. Aholisi 470 ming kishidan ziyod (1990-y. lar oxiri). P.-S. — xalqaro ahamiyatga ega savdotransport markazi. Kemasozlik va kema taʼmirlash, oziq-ovqat, toʻqimachilik, koʻn-poyabzal sanoati korxonalari mavjud. Baliq ovlash markazi. P.-S. ga Suvaysh kanali qurilishi munosabati bilan 1859-y. da … Читать далее

PIRENEY YARIM OROLI

PIRENEY YARIM OROLI, Iberiya yarim oroli — Yevropaning jan.gʻarbidagi yarim orol. Mayd. 582 ming km2. Atlantika okeani bilan Oʻrta dengiz oraligʻida. Pireney yarim oroli Afrikadan Gibraltar boʻgʻozi orqali, Yevropaning qolgan qismidan esa Pirenei togʻlari orqali ajralgan. Pireney yarim orolida Ispaniya, Portugaliya, Andorra davlatlari va Gibraltar joylashgan. Qirgʻoq chizigʻi aksari kismida tekis. Yer yuzasi yassitogʻlik va … Читать далее

TURUMTOY

TURUMTOY (Falco columbarius) lochinsimonlar oilasiga mansub qush. Tanasining uz. 80 sm cha. Narining usti toʻq kulrang, qorni sargʻish, modasining usti koʻngʻir. Yevropa, Osiyo, Shim. Amerikaning oʻrmon va oʻrmon tundra qismida, shuningdek, Osiyo choʻllarida tarqalgan. Oʻrta Osiyo, Hindiston, Oʻrta dengiz atrofida qishlaydi. Oʻrta Osiyoda markaziy osiyo T. i kenja turi oʻtroq yashaydi. Qoyalarga uya quradi, baʼzan … Читать далее

MAKROIQLIM

MAKROIQLIM (makro… va iqlim) katta hududlar, geografik zonalar, materiklar va okeanlar yoki ularning ayrim qismlari va xatto, butun Yer sharining iqlimi. Yer yuzasi ana shunday yer qismining geografik omillari va atmosfera umumiy sirkulyatsiyasi sharoiti oʻxshash boʻlsa, Makroiqlimi ham bir xil boʻladi. Mac, passat zonasi Makroiqlimi, Sharqiy Sibir M. i, Oʻrta dengiz boʻyi Makroiqlimi, Antarktida platosi … Читать далее

KATANIYA

KATANIYA — Italiyadagi shahar va port. Sitsiliya o. ning sharqiy sohilida. Etna vulkanining etagida. Kataniya provinsiyasining maʼmuriy markazi. Aholisi 330 ming kishidan ziyod (1990-y. lar oʻrtalari). Kataniya — transport yoʻllarining muhim tuguni. Oʻrta dengiz sohilidagi port. Kema remonti, verf, q. x. mashinasozligi, neftni qayta ishlash, kimyo va radioelektronika sanoati, oziq-ovqat, shoyi va ip gazlama, yogʻochsozlik, … Читать далее

MOVIY QIRGʻOQ

MOVIY QIRGʻOQ, Fransiya Rivyerasi — Fransiyaning Oʻrta dengiz boʻyidagi togʻli sohil qismi. Sharqda Italiya chegarasidan gʻarbda Frejyus qoʻltigʻigacha davom etgan. Shim. dan Dengiz boʻyi Alp togʻlari bilan toʻsilgan. Qirgʻoqdari qoyali, manzarali qoʻltiq koʻp. Yozi issiq, quruq; qishi yumshoq, serquyosh. Iyulningoʻrtacha t-rasi 22—23°, yanv. niki 7°. Oʻsimlik dunyosiga boy. Moviy qirgʻoq yirik kurort r-n boʻlib, bogʻ … Читать далее