MAGMATIZM

MAGMATIZM — magmaning suyulishi, uning evolyutsiyasi, harakati, boshqa qattiq jinslar bilan oʻzaro taʼsiri va qotishini oʻz ichiga olgan jarayonlar majmui. M. Yerning chuqur qismidagi faol harakatlarning eng muhim koʻrinishlaridan biri. Tektonik harakatlar xarakterining oʻzgarishi bilan Magmatizm tipi ham oʻzgaradi, geologik tarixga va Yer poʻstining u yoki bu strukturasiga bogʻliqligiga qarab geosinklinal, platforma, okeanik va tektonikmagmatik faol koʻrinishlarga boʻlinadi. Magmatizmning qanday chuqurlikda joylashganligi (qotish sharoitlari)ga qarab abissal, gipabissal, subvulkan, yuza joylashgan (vulkanizm) M., tarkibiga qarab oʻta asosli, asosli oʻrtacha, nordon va ishqorli (q. Magmatik togʻ jinslari) turlari farq qilinadi.

«Yangi global tektonika» konsepsiyasiga muvofiq Magmatizm, asosan, litosfera plitalarining oʻzaro harakati zonasida, ularning ikki tomonga surilish (riftlar) joyida va issiklik oqimining yuqoriga koʻtarilish zonasida intensiv rivojlanadi. Hoz. geologik davrda M. Tinch okeanning vulkanik halqasida, okean oʻrtaliq tizmalarida, Afrika va Oʻrta dengiz atrofi rift zonalarida rivojlangan. Magmatizm bilan turli-tuman foydali kazilma konlarining paydo boʻlishi bogʻliq.

Ad:. Abdullayev X. M., Magmatizm i orudeneniye Sredney Azii, Sobr. soch. (v 5ti t., t. 5), T.,1965; Xamrabayev I. X., Magmatizm i postmagmaticheskiye protsessы v Zapadnom Uzbekistane, T., 1958.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x