MEHNAT UNUMDORLIGI

MEHNAT UNUMDORLIGI — i. ch. jarayonida kishilar mehnatining foydaliligi, samaradorligi va mahsuldorligi; M. u. ishlovchining maʼlum vaqt birligi (soat, smena, oy, yil) ichida tayyorlagan mahsulot hajmi bilan oʻlchanadi. I. ch. tarmoqlari va korxonalarda mehnat unumdorligi yalpi yoki sof mahsulot asosida hisoblanadi. Yillik mahsulot hajmini oʻrtacha ishlovchilar soniga boʻlish orqali bir ishlovchi hisobiga yaratilgan mahsulot aniqlanadi. … Читать далее

MEHNAT VOSITALARI

MEHNAT VOSITALARI — i. ch. da mehnat predmetiga taʼsir koʻrsatishda inson foydalanadigan vositalar. Mehnat vositalariga i. ch. jarayoni uchun zarur boʻlgan hamma moddiy sharoitlar kiradi (mashina va uskunalar, asbob va moslamalar, korxona binosi, shu bino joylashgan yer, aloqa, yuk tashish vositalari va h. k.). M. v. dan eng muhimi i. ch. qurollari boʻlib, ular mashinalar, … Читать далее

MEHNAT PSIXOLOGIYASI

MEHNAT PSIXOLOGIYASI — insonning mehnatga munosabati, mehnat faoliyatining qonuniyatlari va uning rivojlanishini tadqiq qiladigan psixologiya sohasi. Mehnat psixologiyasi mehnatda shaxsning faoliyati, boʻsh vaqti, dam olishining i. ch. ga taʼsirini ham oʻrganadi. Mehnat psixologiyasi nemis-amerikalik psixolog G. Myunsterberning (1863—1916) «Psixologiya va ishlab chiqarish unumdorligi» (1913) va «Psixotexnika asoslari» (1914) kitoblari chiqqan davrdan boshlab alohida soha sifatida … Читать далее

PRYANISHNIKOV Dmitriy Nikolayevich

PRYANISHNIKOV Dmitriy Nikolayevich [1865.25.10(6.11), Kyaxta sh. – 1948.30.4, Moskva] — rus agrokimyo maktabi asoschisi. SSSR FA akad. (1929), VASXNIL akad. (1935), Mehnat Qahramoni (1945). Pryanishnikovning ilmiy ishlari oʻsimliklarni ozik^lantirish va dehqonchilikda oʻgʻitlardan foydalanish, agrokimyo, q. x. ni kimyolashtirish masalalariga bagʻishlangan. Olimning «Agrokimyo» (1940) asari dehqonchilikda oʻgʻitlarni qoʻllashning ilmiy asosi hisoblanadi. Пост Навигацияси

MUSAMUHAMEDOV

MUSAMUHAMEDOV Rizamat (1881.24.2 – Toshkent – 1979.13.3) sohibkor bogʻbon, uzumchilik amaliyoti novatori. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan agronom (1971), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sohibkor (1935), Mehnat Qaxramoni (1962). 1893—47 y. larda Toshkent sh. va Toshkent viloyatida uzumchilik xoʻjaliklarida sohibkor boʻlib ishlagan. Toshkent viloyati q. x. boshqarmasida tokchilik boʻyicha yoʻriqchi (1947 — 50), Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi vazirligida bogʻdorchilik va … Читать далее

MIGREN

MIGREN (frans. migraine) , miya ogʻrigʻi, gemikraniya — oʻqtin-oʻqtin tutadigan bosh ogʻrigʻi. Aksari ayollarda uchraydi. Kasallikka, asosan, qon tomir tonusini boshqarib turadigan nerv ishining buzilishi, koʻpincha, oilada va naslda qon tomir kasalligiga beriluvchanlik sabab boʻladi. Migren aksari balogʻatga yetish davrida kuzatiladi. Kasallik xuruji, odatda, asabiylashish natijasida yoki oʻta charchash oqibatida roʻy beradi. Xurujning tutish muddati, … Читать далее

MEHNAT RESURSLARI

MEHNAT RESURSLARI — mamlakat aholisining mehnatga layoqatli yoshdagi qismi, iqtisodiy resurslarning tarkibiy unsuri; 16 yoshdan 55 yoshgacha boʻlgan ayollar, 60 yoshgacha boʻlgan erkaklar Mehnat resurslariga kiritiladi. Kishilar yoshining ulgʻayishiga qarab Mehnat resurslariga dastlab qoʻshiladilar, soʻngra (yoshi oʻtgach) undan chiqadilar. Koʻpchilik mamlakatlarda, shu jumladan, Oʻzbekistonda 16—59 yoshdagilar Mehnat resurslariga kiritiladi. Mehnat resurslari oʻsishi aholining koʻpayishiga bogʻliq. … Читать далее

MARSHALL

MARSHALL (Marshall) Alfred (1842.26.7. London – 1924.13.7, Kembrij) — ingliz iqtisodchisi, Kembrij untining siyosiy iqtisod prof. (1885—1908). Iqtisodiyotdagi neoklassik yoʻnalishning Kembrij maktabi asoschisi. Marshall «Siyosiy iqtisod» oʻrniga siyosiylashmagan «ekonomike» atamasini kiritdi. U oʻz asarlarida xoʻjalikning ideal modeli «mukammal raqobat» tufayli vujudga kelishi mumkinligini koʻrsatadi. Xarajatlar, talab va taklif, mehnat unumdorligi toʻgʻrisidagi nazariyalarni 19-a. oxirida keng … Читать далее

POLSHA

POLSHA (Polska), Polsha Respublikasi (Rzeczpospolita Polska) — Markaziy Yevropadagi davlat. Mayd. 312,7 ming km2. Aholisi 38,6 mln. kishi (2002). Poytaxti — Varshava sh. Maʼmuriy jihatdan 16 voyevoda (wojewodztwo) ra boʻlinadi. Davlat tuzumi. Polsha — respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1997-y. 25-mayda qabul qilingan. Davlat boshligʻi — prezident (1995-y. dan Aleksander Kvasnevski), u P. fuqarolari tomonidan umumiy teng … Читать далее

MOYAK ISTISQOSI

MOYAK ISTISQOSI, gidrotsele — moyak pardalari orasida suyuqlik yigʻilishi. Tugʻma va orttirilgan (yalligʻlanish kasalliklarida moyakka shikayet yetganda vujudga keladi), shuningdek, oʻtkir va surunkali xillari ajratiladi. Moyak kattalashib ogʻriydi, bemor yurishga, siyishga yoki jinsiy muloqotda boʻlishga qiynaladi, mehnat faoliyati susayadi. Oʻtkir Moyak istisqosi toʻsatdan boshlanadi, bemorning t-rasi koʻtariladi, yorgʻoq atrofi qizarib, paypaslab koʻrganda qoʻlga qattiq unnaydigan … Читать далее