MEHNAT PSIXOLOGIYASI

MEHNAT PSIXOLOGIYASI — insonning mehnatga munosabati, mehnat faoliyatining qonuniyatlari va uning rivojlanishini tadqiq qiladigan psixologiya sohasi. Mehnat psixologiyasi mehnatda shaxsning faoliyati, boʻsh vaqti, dam olishining i. ch. ga taʼsirini ham oʻrganadi. Mehnat psixologiyasi nemis-amerikalik psixolog G. Myunsterberning (1863—1916) «Psixologiya va ishlab chiqarish unumdorligi» (1913) va «Psixotexnika asoslari» (1914) kitoblari chiqqan davrdan boshlab alohida soha sifatida vujudga kelganligi eʼtirof etilgan. Mehnat psixologiyasining asosiy vazifasi i. ch. munosabatlarini yaxshilash, mehnatkashlarga zarur shart-sharoit yaratib berish, kasb layoqatini aniqlash, kasb kasalliklarining, i. ch. da jismoniy falokatlarning, psixologik stress, tolikish va zoʻriqish holatlarining oldini olishdir.

Ergash Gʻoziyev.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x