MEHNAT RESURSLARI

MEHNAT RESURSLARImamlakat aholisining mehnatga layoqatli yoshdagi qismi, iqtisodiy resurslarning tarkibiy unsuri; 16 yoshdan 55 yoshgacha boʻlgan ayollar, 60 yoshgacha boʻlgan erkaklar Mehnat resurslariga kiritiladi.

Kishilar yoshining ulgʻayishiga qarab Mehnat resurslariga dastlab qoʻshiladilar, soʻngra (yoshi oʻtgach) undan chiqadilar. Koʻpchilik mamlakatlarda, shu jumladan, Oʻzbekistonda 16—59 yoshdagilar Mehnat resurslariga kiritiladi. Mehnat resurslari oʻsishi aholining koʻpayishiga bogʻliq. Aholi tarkibida yoshlar qanchalik koʻp boʻlsa, Mehnat resurslari shunchalik tez oʻsadi. 20-a. oxiri —21-a. boshlarida Oʻzbekistonda Mehnat resurslari har yili 320—350 ming kishi atrofida koʻpay-ib bordi. Ularning asosiy qismini mehnat yoshiga qadam qoʻyganlar tashkil etadi.

Mehnat resurslari soni mikdoriy ifoda boʻlsa, mehnat yoshidagilarning bilim saviyasi, malakasi, kasbiy mahorati va ishbilarmonligi uning sifatini yaratadi. Taʼlimtarbiya, malakani oshirish, sogʻliqni taʼminlash, uni mustahkamlash uchun sarflar inson kapitaliga investitsiya boʻlib, Mehnat resurslarini takroran yaratishga xizmat qiladi. Mehnat resurslari mehnat bozori orqali taqsimlanadi. Mehnat resurslari ban-dligi — mehnat yoshidagi kishilarning ish bilan taʼminlanishi, ularning tovar va xizmatlar yaratishda ishtirok etishi. Mehnat resurslari tarkibidagi ishlashga talabgor boʻla turib ish topa olmaganlar ishsizlar (q. Ishsizlik) hisoblanadi (q. Bandlik).

21-a. boshlarida Oʻzbekiston M. r. tez oʻsishi bilan tavsiflandi. 2003-y. da respublikada Mehnat resurslari 13181,0 ming kishini tashkil etdi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x