MARSHALL

MARSHALL (Marshall) Alfred (1842.26.7. London – 1924.13.7, Kembrij) — ingliz iqtisodchisi, Kembrij untining siyosiy iqtisod prof. (1885—1908). Iqtisodiyotdagi neoklassik yoʻnalishning Kembrij maktabi asoschisi. Marshall «Siyosiy iqtisod» oʻrniga siyosiylashmagan «ekonomike» atamasini kiritdi. U oʻz asarlarida xoʻjalikning ideal modeli «mukammal raqobat» tufayli vujudga kelishi mumkinligini koʻrsatadi. Xarajatlar, talab va taklif, mehnat unumdorligi toʻgʻrisidagi nazariyalarni 19-a. oxirida keng tarqalgan meʼyoriy naflilik (chegaraviy naf) nazariyasi bilan qoʻshishga xarakat qilgan. Unga kura bozor narxi eng yuqori (chegaraviy) naf asosida aniqlanadigan talab narxi va eng yuqori xarajatlar bilan topiladigan taklif narxi chiziqlarining kesishish nuqgasi («Marshall xochi» deb yuritiladi). Talab va taklif chiziqlari kesishgan joyda mahsulot miqsori va narx orasidagi muvozanat, moʻtadillik oʻrnatiladi. Marshall tovar qiymati sarflangan ijtimoiy mehnat bilan oʻlchanishi haqidagi qarashlarni qatʼiyan rad etdi.

Asosiy asarlari: «Zamonaviy tijoratning sof nazariyasi» (1879), «Iqtisodiyot prinsiplari» (1890), «Sanoat va tijorat» (1919).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x