MOYAK ISTISQOSI

MOYAK ISTISQOSI, gidrotsele — moyak pardalari orasida suyuqlik yigʻilishi. Tugʻma va orttirilgan (yalligʻlanish kasalliklarida moyakka shikayet yetganda vujudga keladi), shuningdek, oʻtkir va surunkali xillari ajratiladi. Moyak kattalashib ogʻriydi, bemor yurishga, siyishga yoki jinsiy muloqotda boʻlishga qiynaladi, mehnat faoliyati susayadi. Oʻtkir Moyak istisqosi toʻsatdan boshlanadi, bemorning t-rasi koʻtariladi, yorgʻoq atrofi qizarib, paypaslab koʻrganda qoʻlga qattiq unnaydigan shish paydo boʻladi. Surunkali xili asta-sekin rivojlanadi, moyak pardalari orasiga uzoq vaqt suyuqlik yigʻilishi natijasida uning shakli oʻzgarib, xuddi nokka oʻxshab qoladi. Moyak istisqosiga xos alomatlar paydo boʻlganda darhol xirurg yoki urologga koʻrinish lozim.

Moyak istisqosiga xirurgik (operetsiya) davo qilinadi. Kasallikning oldini olishda mo-yakning turli yalligʻlanishlar va shikastlanishlarini oʻz vaqtida davolatish muhim.

MOFOP ZAMBURUGʻLAR – oziqovqat mahsulotlari, mevalar, oʻsimlik qoldiqlari, charm va b. narsalar, baʼzan tirik oʻsimliklarda oʻziga xos gʻubor (mogʻor) hosil qiladigan zamburugʻlar guruhi. Turli sistematik guruhlarga mansub boʻlgan fikomitsetlar, askomitsetlar va shakllanmagan zamburugʻlardan iborat. Koʻp Moyak istisqosi sabzavot, meva va donga katga zarar yetkazadi. Baʼzilari foydali, mas, bir turi antibiotik — penitsillin hosil qiladi, ikkita boshqa turi sir (pishloq)ning ayrim xillarini i. ch. da, aspergill limon kislota olishda ishlatiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x