MIOKARDIT

MIOKARDIT (yun. myos — muskul va kardia — yurak) — yurak muskullari (miokard)nnng yalligʻlanishi, bu, odatda, yurak faoliyati yetishmovchiligiga olib kelishi mumkin. Miokarditga, koʻpincha, oʻtkir infeksion kasalliklar (difteriya, ich terlama, angina, skarlatina, sepsis, gripp), surunkali infeksiyalar (sil, zaxm) sabab boʻlib, asosida allergik oʻzgarishlar yotadi (q. Allergiya). M. ning oʻtkir, oʻrtacha yoki surunkali, shuningdek, yuqumli allergik (mas, revmatizmda, skarlatinada) xili farq qilinadi. Miokarditda yurak muskullarining tuzilishi oʻzgaradi, kasallikning yengil xilida bu oʻzgarish butunlay yoʻqolib ketishi mumkin. Ogʻir xilida esa muskul tolalarining bir qismi yemiriladi va ular oʻrni chandiklanib, kardioskleroz paydo boʻladi. Miokarditda muskul tolalarning oʻzi (parenximatoz Miokardit), baʼzan biriktiruvchi toʻqimalar (inter-stitsial Miokardit) yalligʻlanishi mumkin. Revmatizm okibatida kelib chiqqan Miokardit (revmokardit), koʻpincha, bolalarda uchrab, odatda, endokardit bilan birga oʻtadi. Asosiy belgisi qon aylanishi yetishmovchiligi; bunda bemor doim yuragi ogʻrishi, tez-tez urishi, havo yetishmay harsillashi, darmoni qurishidan shiko-yat qiladi. Rangi siniqib, labi koʻkaradi, qon bosimi pasayadi. Kasallik oʻtkir kechganda harorat koʻtariladi, qonda tegishli oʻzgarishlar (leykotsitoz, eritrotsitlar choʻkish tezligi — ECHT ning ortishi) kuzatiladi. EKGda miokard oʻzgarganligini aniqlash mumkin.

Oldini olish Miokardit rivojlanishiga sabab boʻladigan omillarni bartaraf etish, surunkali infeksiya oʻchoqlari (tonzillit, gaymorit va b.)ni oʻz vaktida davolashdan iborat. Bemor kasalxonada davolanadi. Kasallikning kechishi va belgilariga qarab davo ta-yinlanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x