MENORRAGIYA

MENORRAGIYA (yun. men — oy va rhegnymi — yorilaman) — hayz vaqtida har safar odatdagidan koʻra uzoqroq (5 kundan ortiq) va koʻproq qon ketishi. Bachadon muskullarining qisqarish xususiyatini susaytiradigan jarayonlar sabab boʻladi. Bachadonning bir qancha kasalliklarida (bachadon fibromiomasi, raki va b.) kuzatiladi. Giper-menorreya (hayz qonining koʻp kelishi, bunda hayz sikli buzilmaydi), poli-menorreya (hayzning uzoq davom etishi), proyomenorreya (hayzning tez-tez boʻlishi) kabi xillari bor. Baʼzan kizlar hayz koʻra boshlaganda, tuqqanda va abortdan keyin, bachadonda yoʻldosh boʻlagi qolganda, hayz butunlay toʻxtashidan oldin ham Menorragiya roʻy beradi. Menorragiyaga sabab boʻlgan asosiy kasallik davolanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x