MASTOIDIT

MASTOIDIT (yun. mastoides — siynasimon) — chakka suyagidagi soʻrgʻichsimon oʻsiq kataklari va suyak toʻqimasi shilliq pardasining yalligʻlanishi; aksariyat hollarda oʻrta quloqning yiringli yalligʻlanishi asorati (q. Otit). Oʻtkir va surunkali, shuningdek, birlamchi va ikkilamchi Mastoidit farq qilinadi. Quloq sohasida ogʻriqva noxushlik, umumiy ahvolning oʻzgarishi, harorat koʻtarilishi, eshitishning susayishi, qulokdan yiring oqishi va b. kuzatiladi. Baʼzan shu soxddagi yalligʻlanish atrofidagi toʻqimalarga tarqalishi va jarayon murakkab tus olishi ham mumkin.

Davo kasallik alomatlariga qarab olib boriladi, asosan, oʻtkir otitni oʻz vaqtida davolash lozim. Mahalliy ogʻirroq hollarda jarroxlik usulida davo buyuriladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x