MARSHALL

MARSHALL (Marshall) Alfred (1842.26.7. London – 1924.13.7, Kembrij) — ingliz iqtisodchisi, Kembrij untining siyosiy iqtisod prof. (1885—1908). Iqtisodiyotdagi neoklassik yoʻnalishning Kembrij maktabi asoschisi. Marshall «Siyosiy iqtisod» oʻrniga siyosiylashmagan «ekonomike» atamasini kiritdi. U oʻz asarlarida xoʻjalikning ideal modeli «mukammal raqobat» tufayli vujudga kelishi mumkinligini koʻrsatadi. Xarajatlar, talab va taklif, mehnat unumdorligi toʻgʻrisidagi nazariyalarni 19-a. oxirida keng … Читать далее

MARKETING

MARKETING (ing. market — bozor, bozordagi harakat, faoliyat) — korxonaning tovarlar i. ch. va sotishini tashkil etish hamda boshqarish shakli. «Marketing» atamasi isteʼmolga 19-a. ning 60-y. larida Makkovern tomonidan kiritilgan. Marketing nazariy konsepsiya va tijorat faoliyatining oʻziga xos hodisasi tarzida 20-a. boshlarida AQSHda ilk bor qoʻllanildi. I. ch. va kapitalning yuksak darajada toʻplanishi, iqtisodiyot tarmoqlarida … Читать далее

MONETARIZM

MONETARIZM (lot. moneta — tanga, pul) — davlatni iqtisodiy boshqarishga oid iqtisodiy nazariya va amaliy konsepsiya. 20-a. ning 50-y. larida Milton Fridmen asos solgan. M. M. Fridmen, G. Xaberler (AQSH), O. Fayt (GFR), J. Ryuyeff (Fransiya) va b. asarlarida rivojlantirilgan. Fridmen va uning safdoshlari J. M. AGeynsning pulsiz omillar (mas, investitsiyalar) oʻrniga aynan pulli omillarni … Читать далее

MOLIYA

MOLIYA — maqsadli pul fondlarini hosil etish, jamlash, taqsimlash va ishlatish yuzasidan paydo boʻladigan iqtisodiy munosabatlar. Moliya iqtisodiyotning pul sektorida yuzaga keladi va daromadlar asosida yuz beradi. Pul sektori pul va pulga tenglashtirilgan aktivlarning harakati boʻlib, buning natijasida pul fondlari vujudga keladi. Maqsadli pul fondlari — bu Moliya resurslari yoki Moliya obyektidir. Moliya subyekti shu … Читать далее

MULK

MULK — moddiy va maʼnaviy neʼmatlarning muayyan kishilar egaligida boʻlishi va ular tomonidan oʻzlashtirilishi; M. ga egalik huquqi hamda mulk obyektlariga egalik, ularni boʻlish, taqsimlash boʻyicha kishilar oʻrtasida yuzaga keladigan iqtisodiy munosabatlar. Mulk obyekti yer va yer osti boyliklari, korxona, bino, inshootlar, mashina va uskunalar, tayyor mahsulot, pul, qimmatli qogʻozlar, sanʼ-at va adabiyot asarlari, ilmiy … Читать далее

MYURDAL

MYURDAL (Myrdal) Gunnar (1898.6.12, Gustafs, – 1987.17.5, Stokgolm) — shved iqtisodchisi, siyosatchi va xalqaro arbob. Jahon iqtisodiyoti tadqiqoti in-tining asoschisi va direktori, BMT ning Yevropa uchun Iqtisodiy komissiyasi Bosh kotibi (1947 — 57). Stokgolm untida xalqaro iqtisodiy munosabatlar prof. (1961-y. dan). Iqtisodiy taxdilga kutiladigan va amaldagi oʻzgaruvchanliklar atamalarini kiritdi hamda ularning iqtisodiy muvozanatning vujudga kelishiga … Читать далее

MOLIYA TIZIMI

MOLIYA TIZIMI — iqtisodiyot pul sektorining bir qismi, moliya amaliyoti. Moliya tizimi faqat moliya munosabatlarini emas, balki moliyaga taallukli siyosiy, tashkiliy munosabatlarni ham qamrab oladi. Bu tizim tarkibiga qu-yidagilar kiradi: a) moliya obyektini hosil etuvchi pul fondlari yoki moliya resurslari; b) korxonalar, xonadonlar, davlat idoralari va nodavlat tashkilotlaridan iborat moliya mu-nosabatlarining subyektlari — ishtirokchilari; v) … Читать далее

MIRRLIS

MIRRLIS (Mirrlees) Jeyms (1936.5.7, Minnigeffe, Shotlandiya) — ingliz iqtisodchisi. Edinburg untini tugatgan (1957). Kembrij untining xalqaro muammolar markazida maslahatchi (1962—63), Oksford unti iqtisodiyot prof. (1968), Shveysariya hukumati maslahatchisi (1963), 1968—86 y. larda Kembrij unti va Berklidagi Kaliforniya un-tlarida prof. Mirrlisning ilmiy ishlari monetar va soliqqa tortish nazariyalari, institutsional iqtisodiyot muammolariga bagʻishlangan. Mirrlis asimmetrik axborotlar nazariyasida … Читать далее

MILL Jon Styuart

MILL Jon Styuart (1806.20.5, London — 1873.8.5, Avinyon) — ingliz faylasufi, iqtisodchi va jamoat arbobi. Ost-Indiya kompaniyasida (1823—58) xizmat qilgan. 1865—68 y. larda parlament aʼzosi . Liberal va demokratik islohotlarni qoʻllab-quvvatlagan. Millning dunyoqarashi D. Rikardo, I. Bentam, J. Berkli, D. Yum va b. ning falsafiy, iqtisodiy nazariyalari taʼsirida shakllangan. U murosali siyosat va davlatning iqtisodiyotga … Читать далее

MEHNAT IQTISODIYOTI

MEHNAT IQTISODIYOTI — jamiyatda mehnatni tashkil etish hamda ish kuchidan foydalanishning samaradorligini ifodalovchi i. ch. munosabatlarining oʻziga xos xususiyatlari maj-mui; mehnatning ijtimoiy tashkil etilishini hamda mehnatga haq toʻlash tizimini oʻrganuvchi fan. Mehnat iqtisodiyotining predmeti — texnikaviy, tashkiliy, kadrlar yoki boshqa xarakterdagi omillar taʼsirida qaror to-padigan ijtimoiy-iktisodiy munosabatlardir. Mehnat iqtisodiyoti — fan sifatida mehnat munosabatlari sohasidagi … Читать далее