MILL Jon Styuart

MILL Jon Styuart (1806.20.5, London — 1873.8.5, Avinyon) — ingliz faylasufi, iqtisodchi va jamoat arbobi. Ost-Indiya kompaniyasida (1823—58) xizmat qilgan. 1865—68 y. larda parlament aʼzosi . Liberal va demokratik islohotlarni qoʻllab-quvvatlagan. Millning dunyoqarashi D. Rikardo, I. Bentam, J. Berkli, D. Yum va b. ning falsafiy, iqtisodiy nazariyalari taʼsirida shakllangan. U murosali siyosat va davlatning iqtisodiyotga aralashmaslik, shuningdek, ijtimoiy islohotlar tarafdori boʻlgan. Oʻzining «Erkinlik toʻgʻrisida» (1859) asarida individual faoliyat erkinligiga aralashmaslik tamoyilini ilgari surgan, lekin amaliy faoliyat sohasida davlatning taʼlim va mehnat shartnomalari borasidagi roliga yuqori baho bergan. «Siyosiy iktisodni asoslash va ularning ijtimoiy filosofiyaga ayrim iloalari» (1848) asarida A. Smitning «Xalqlar boyligi» asari gʻoyalarini D. Rikardo, J. Sey, T. Maltus va b. iqtisodchilarning gʻoyalarini hisobga olgan holda bayon etishga harakat qilgan.

Garchi Mill oʻz asarini A. Smitning «Xalqlar boyligi» asarining zamonaviylashtirilgan koʻrinishi deb taʼkidlagan boʻlsa ham, lekin u iqtisodiyot nazariyasiga koʻpgina original gʻoyalar kiritdi, jumladan, uning talab va taklif nazariyasini ishlab chiqishi eng muhim hissa boʻldi. Mill talab va taklif omillarini narx nazariyasiga kiritib, neoklassik narx nazariyasining vujudga kelishiga yoʻl ochib berdi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x