MIRRLIS

MIRRLIS (Mirrlees) Jeyms (1936.5.7, Minnigeffe, Shotlandiya) — ingliz iqtisodchisi. Edinburg untini tugatgan (1957). Kembrij untining xalqaro muammolar markazida maslahatchi (1962—63), Oksford unti iqtisodiyot prof. (1968), Shveysariya hukumati maslahatchisi (1963), 1968—86 y. larda Kembrij unti va Berklidagi Kaliforniya un-tlarida prof.

Mirrlisning ilmiy ishlari monetar va soliqqa tortish nazariyalari, institutsional iqtisodiyot muammolariga bagʻishlangan. Mirrlis asimmetrik axborotlar nazariyasida soliqqa tortish va ijtimoiy sugʻurta muammolariga bagʻishlangan ishlari bilan katta muvaf-faqiyatlarga erishdi. Kichik mamlakatlarning ochiq iqtisodiyotida chet el tovarlariga tariflar koʻllashning maqsadga muvofiq emasligini, mehnat va kapitalga solinadigan soliqning isteʼmolchilarga yuklatilishini asoslab berdi. Nobel mukofoti laureata (1996; U. Vikri bilan birgalikda).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x