MONETARIZM

MONETARIZM (lot. moneta — tanga, pul) — davlatni iqtisodiy boshqarishga oid iqtisodiy nazariya va amaliy konsepsiya. 20-a. ning 50-y. larida Milton Fridmen asos solgan. M. M. Fridmen, G. Xaberler (AQSH), O. Fayt (GFR), J. Ryuyeff (Fransiya) va b. asarlarida rivojlantirilgan. Fridmen va uning safdoshlari J. M. AGeynsning pulsiz omillar (mas, investitsiyalar) oʻrniga aynan pulli omillarni afzal koʻradilar. Monetarizm iqtisodiyot nazariyasidagi neoliberalizm oqimiga kiradi, taʼminlash va iktisodiy oʻsish mexanizmini yaratish muammolari bilan shugʻullanadi va bu mexanizmda asosiy eʼti-borni pulga qaratadi.

Monetarizmga koʻra, iqtisodiy jarayonlarda, xoʻjalik yuritishda muomaladagi pul miqdori va pul massasi bilan tovar massasi oʻrtasidagi aloqalar belgilovchi oʻrinda turadi. Monetaristlar pul emissiyasini tartibga solish, milliy pul birligining valyuta kursi, kredit foizi, soliq stavkalari va boj tariflarini iqtisodiyotga taʼsir koʻrsatishning asosiy usullari deb biladilar. Fiskal siyosat oʻrniga faol pul-kredit siyosatini qoʻllash taklif etiladi. 1963-y. Fridmen tomonidan «AQSHning 1867—1960-y. larda pul tarixi» kitobi (Anna Shvars bilan hammualliflikda) bosilib chikdi. Bu kitobda Monetarizm konsepsiyasi uzining ishonchli tasdigʻini topdi. Mazkur kitobda AQSHdagi Buyuk depressiyaning asosiy sababchisi Markaziy bank ekanligi kursatilgan. Monetar konsepsiya AQSH amaliyotida yaxshi natija berdi. Monetarizm gʻoyalari 20-a. ning 80-y. laridan Gʻarb mamlakatlarida davlat iqtisodiy si-yosatiga singdirildi, uning tavsiyalari amaliyotga joriy qilindi. AQSHda «reygonomika» (AQSH prezidenti R. Reygan nomi bilan bogʻliq) siyosati shu tavsiyalar asosida ishlab chiqildi va amalga oshirildi. Natijada AQSH iqtisodiyoti 70-y. larda yuz bergan tanglikdan chiqib rivojlanish yulga utdi.

Abduxalil Razzoqov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x