POLIEMBRIONIYA

POLIEMBRIONIYA (poli… va embrion) , hayvonlarda — bitta zigotadan bir necha embrion (egizak)ning rivojlanishi. 1 ta tuxumdan hosil boʻlgan egizaklar 1 ta jinsga mansub boʻladi. Poliembrioniyaning muayyan tur uchun xos maxsus va tasodifan sodir boʻladigan sporadik xillari mavjud. Spetsifik Poliembrioniya mshankalar, yaydoqchi pardaqanotlilar, sovutli sut emizuvchilar uchun xos. M., ayrim yaydoqchilarning 1 ta tuxumidan 3000 ga yaqin lichinka, sovutlilarda 7 — 9 tagacha embrion rivojlanadi. Spora-dik Poliembrioniya barcha hayvonlar uchun xos, ayniqsa, gidroid poliplar va yomgʻir chuvalchanglarida koʻp uchraydi.

Umurtqali hayvonlar va odamda sporadik Poliembrioniya murtakning gastrulyatsiya davrida yoki undan oldin bir necha qismga boʻlinib, har bir qismning mustaqil rivojlanishidan kelib chiqadi. Odamda sporadik Poliembrioniya orqali 2—5 ta 1 ta jinsga mansub genetik jihatdan bir xil egizaklar tugʻilishi mumkin.

Oʻsimliklarda Poliembrioniya — 1 ta urugʻda bir necha murtakning rivojlanishi. Haqiqiy Poliembrioniyada murtak xaltasida 1 ta zigotadan bir necha murtak rivojlanadi (ayrim lolalarda). Soxta Poliembrioniya urugʻkurtakda bir necha murtak xaltasi (qulupnay) yoki 1 ta murtak xaltasida 4 tadan 1 ta emas, bir necha megaspora rivojlanishi bilan bogʻliq.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x