MAORILAR

MAORILAR — Yangi Zelandiyaning tub aholisi. Umumiy soni 320 ming kishi (1990-y. lar oʻrtalari). Maori tilida soʻzlashadi. Hoz. Maorilar — xristian dinining turli oqimlariga (anglikanlar, presviterianlar, katoliklar, baptistlar va b.) eʼtiqod qiladilar. Maorilarning ajdodlari 10—14-a. lar mobaynida Markaziy Polineziyadan Yangi Zelandiya o. lariga kelib oʻrnashib, melanezlarnyapt qad. ajdodlariga qardosh boʻlgan tub aholi bilan qoʻshilib ketganlar. Ularning asosiy mashgʻuloti dehqonchilik, terimchilik, baliqchilik va ovchilik (asosan, qushlar va mayda hayvonlar ovlangan). Yagona uy hayvoni — it boʻlgan. Boshqa polineziyaliklar kabi Maorilarda ham kemasozlik va dengiz say-yoxligi taraqqiy etgan. Yangi Zelandiya Buyuk Britaniya tomonidan istilo etilgan davrda (19-a. 1-yarmi) koʻp sonli Maorilar qabilalari ibtidoiy jamiyatning yemirilish bosqichida edi. Sardorlar, ozod va qaram jamoachilar tabaqasiga ajralib turgan; patriarxal qulchilik mavjud boʻlgan. 20-a. da Maorilarning ingliz — yangi zelandiyaliklar bilan murakkab aralashuv jarayoni boshlangan. Maorilar madaniyati umum Yangi Zelandiya madaniyatining tarkibiy qismidir.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x