POLINEZIYA KICHIK OBLASTI

POLINEZIYA KICHIK OBLASTIAvstraliya quruqlik zoogeografik oblastining kichik oblasti. Polineziya kichik oblastiga Yangi Zelandiya kichik oblastitsan shim. da joylashgan Tinch okean o. lari va arxipelaglari (Gavayi o. dan tashqari) kiradi. Polineziya kichik oblasti faunasida barcha o. fau-nasiga oʻxshab endemik turlar koʻp, sut emizuvchilar kam. Quruqlikda sut emi-zuvchilardan qoʻlqanotlilar (shomshapalaklar, uzunqanotlilar, katta qanotlilar) hamda odamlar bilan birga kelib qolgan mayda kemiruvchilar uchraydi. Kushlar nisbatan xilma-xil, ayniqsa, kaptarlar va suvda suzuvchi qushlar (albatroslar, baliqchi qushlar va b.) kup. Bu yerda katta oyokli tovuklar, toʻtilar, kakkular, asalxoʻrlar, boyqushlar, qaldirgʻochlar, salangalar, moshaklar, lochinlar ham tarqalgan. Sudralib yuruvchilar, asosan, daraxtlar tanasida suzib kelib qolgan. Ulardan gekkonlar va ssinklar, sohil yaqinida dengiz ilonlari koʻpchilikni tashkil etadi. Chuchuk suv baliklaridan utkinchi formalar (mas, ilonbaliq) keng tarqalgan. Polineziya kichik oblasti faunasidan quruqlikda yashab, dengizda koʻpayadigan palma oʻgʻrisi qisqichbaqasi koʻp uchraydi. Polineziya kichik oblastining gʻarbiy qismi (Melaneziya orollari guruhi) faunasi sharqiy qismiga nisbatan xilma-xil. Mac, Taiti va Markiz o. da qushlar, sudralib yuruvchilar bor, lekin qoʻlqanotlilar yoʻq. Pasxa o. faunasi yana ham kam sonli bulib, suv qushlari va odam bilan kelib qolgan bir necha tur hasharotlar, urgimchaklar va mollyuskalardan iborat. Melaneziya faunasining xilma-xilligini ular bir vaktlar katta quruklik bilan bogʻlanganligidan deyish mumkin. Koʻpchilik hayvonlar (echki, mushuk, chuchqa, quyon) Yevropa va Shim. Amerikadan odam bilan birga kelib qolgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x