METASOMATIZM

METASOMATIZM, metasomatoz (meta… va yun… somatos — jism) — togʻ jinsidagi baʼzi minerallarning boshqa minerallar bilan almashinish hodisasi. Metasomatizmda togʻ jinslarining umumiy kimyoviy tarkibi jiddiy oʻzgarishga uchraydi. Bu jarayon ham ekzogen, xam endogen sharoitlarda oʻtishi mumkin, bunda avvalgi minerallarning erishi va yangi minerallarning hosil boʻlishi bir vaqtda sodir boʻladi. Metasomatizm geologik hodisa sifatidagi roli Yer poʻstining shakllanishida gipergenez, sedi-mentogenez, magmatizm va metomorfizm bilan bir qatorda turadi. Metasomatizm magmatik jarayonlardan keyin ajralib chiqadigan eritmalar va yuza suvlar taʼsirida sodir boʻladi. Postmagmatik Metasomatizm bilan ruda hosil boʻlishi bogʻliq. Metasomatizm taʼsirida dala shpatlari erib, uning tarkibidagi gil, qumtuproq hisobiga muskovitli kvarsning ayrim holdagi seritsit, albit, topazli birikmasi hosil boʻladi. Granit massivlarining atrof jinslari ikkilamchi kvarsit, greyzen va ohaktoshlar kontaktida skarnlar vujudga keladi. Metasomatizm unda ishtirok etgan elementlarning siljish tezligiga qarab infiltra-siyali va diffuziyali xillarga boʻlinadi. Metasomatizm jadallashganda tobora koʻproq komponentlar harakat holatiga oʻtadi va Metasomatizm mahsulotida minerallar soni bir mineralli jins hosil boʻlishigacha qisqaradi. Oʻzbekistonda Metasomatizm jarayoni deyarli hamma rudali joylarda tarqalgan. Ular bilan barcha maʼlum mis, qoʻrgʻoshin, pyx, volfram, oltin, kumush va elementlar rudali konlari bogʻliq.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x