MARITSA JANGI

MARITSA JANGI — hoz. Edirne sh. dan gʻarbdagi Maritsa daryosi boʻyida serbmakedon lashkari (bosniyaliklar, bolgarlar, vengerlar, valaxlar va b. bilan birgalikda) va usmonli turklar oʻrtasida sodir boʻlgan jang (1371 y 26 sent.). Makedon zodagonlari Uglesha va uning ukasi Vukashin turklar bosqiniga qarshilik koʻrsatishga harakat qilib qoʻshin toʻplaganlar. Biroq yagona qoʻmondonlik boʻlmaganligi tufayli qoʻshinda intizom sust edi. 26 sent. ga oʻtar kechasi turk otliq qoʻshinlari qoʻqqisdan hujum qilib zafar qozongan. Uglesha va Vukashin jangda halok boʻlishgan. Maritsa jangi dagi gʻalaba turklarga Bolqon ya. o. ichkarisiga yoʻl ochgan, ular Gʻarbiy Frakiya, Makedoniya, Serbiya va Bolgariyaning katta qismini zabt etganlar.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x