POLISINTETIK TILLAR

POLISINTETIK TILLAR — sintetik tillarnnnt turi. Bunday tillarda barcha grammatik maʼnolar, odatda, morfemalari davomli ketma-ket joylashgan soʻz tarkibida beriladi. Polisintetik tillar, asosan, ergativ qurilishga (gapda ish-harakat bajaruvchisi hamda obyektning aloqida maxsus kelishikda boʻlishidan iborat sintaktik tuzilma) ega boʻlgan chukchakamchatka, eskimosaleut, abxaz-adigey tillari, shuningdek, Shim. va Markaziy Amerikadagi koʻplab indeys tillaridir. Affikslarning eng koʻp mikdordagi tizmasi (shaxs, son, zamon, mayl, harakat usuli va b. ni ifodalovchi qoʻshimchalar) feʼl soʻz shakllarida uchraydi. Feʼl soʻz shakli P. t. da, odatda, toʻliq gap mazmunini anglatadi. Mas, chukcha tilida «mыtvinnы-ekvetыrkыn» feʼl soʻz shakli «biz toʻrlarni qoʻriklayapmiz» degan maʼnoni bildiradi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x