MYUZIK-XOLL

MYUZIK-XOLL (ing. music-hall — musikali zal, konsert zali) — estrada teatri turi. 19-a. Angliyada London taverna (oshxona)larida yuzaga kelgan. Dastlab havaskor musiqachilar tomonidan ijro etilgan eski xalq qoʻshiklaridan tarkib topib, keyinroq M.-x. ga professional sanʼatkorlar jalb etilgan (1848-y. Ch. Morton tashkil etgan Canterburry Hall). Unda qisqa pyesa, qoʻshiq, raqslar ijro etilgan, koʻzboʻyamachi, muqallidlar tomosha koʻrsatgan. … Читать далее

MILLIY IQTISODIYOT

MILLIY IQTISODIYOT — ijtimoiy iqtisodiyotning mavjudlik shakli; mamlakat, davlat qududida yashovchi millat (xalqlar)ning tarixan shakllangan yoki tubdan yangilanayotgan, oʻzgarayotgan va rivojlanayotgan mulkiy va b. ijtimoiyiqtisodiy munosabatlari, ular bilan shartlangan, mahalliy xususiyatlarga ham ega boʻlgan iqtisodiy faoliyat sohalari, tarmoqlari, tashkilotlari, korxonalari, hududlari va mintaqalari sistemasi. Imkon darajasida tashqi bozor taʼsiridan xoli boʻlgan milliy xoʻjalik sistemasi. Milliy … Читать далее

MARKAZIY BANK

MARKAZIY BANK — 1) mamlakatning pul belgilarini emissiya qilish (pul bosib chiqarish) va tijorat banklari faoliyatini nazorat qilish huquqi berilgan bosh davlat banki. Markaziy bank «banklarning banki» boʻlib, pul muomalasini tartibga solishda va byudjetni boshqarishda davlatga va hukumatga yordam beradigan organ hisoblanadi. Pul emissiyasini amalga oshirish, davlatning oltin-valyuta zaxiralarini saqlash, bank tizimini kreditlash, hukumat va … Читать далее

METROPOLITEN-OPERA

METROPOLITEN-OPERA (Metropolitan Opera) — AQSH ning yetakchi opera teatri, opera sanʼatining yirik markazlaridan. 1883-y. da Nyu-Yorkda tashkil etilgan. Yirik firmalar, jamiyatlar, shaxslar tomonidan ajratilgan mablagʻlar hisobiga faoli-yat koʻrsatadi. AQSHda yagona doimiy ishlaydigan opera teatri (har yili 7 oy davomida faoliyat koʻrsatadi). Faqat xor va orkestri muqim, yetakchi xonanda va dirijyorlar butun dunyodan mu-ayyan spektaklga yoki … Читать далее

MEXANIKA VA INSHOOTLARNING SEYSMIK MUSTAHKAMLIGI INSTITUTI

MEXANIKA VA INSHOOTLARNING SEYSMIK MUSTAHKAMLIGI INSTITUTI, Oʻzbekiston FA M. T. Oʻrozboyev nomidagi Mexanika va inshootlarning seysmik mustahkamligi instituti — mexanika muammolari, paxta terish mashinasi mexanikasi, bino va inshootlarning zilzilaga chidamliligi, muhitlar mexanikasi masalalari bilan shugʻullanadigan i. t. muassasasi. Dastlab Inshootlar in-ti nomi bilan Toshkentda 1947-y. tashkil qilingan, 1959-y. shu in-t lab. lari asosida Qurilish va … Читать далее

PYORSELL

PYORSELL (Purcell) Genri( taxm. 1659 — London — 1695.21.11) — ingliz kompozitori va organchi. Milliy kompozitorlik maktabi namoyandasi, milliy opera asoschisi («Didona va Eney», 1689). Uygʻonish davri imitatsiyali hamda yordamchi ovozli polifoniya vositalari b-n rang-barang garmoniya hamda gomofoniya unsurlarini oʻziga xos tarzda chatishtirib, yaxlit uslub yaratgan. Kuylar xalkchilligi va nafisligi, ingliz ogʻzaki nutqi intonatsiyalarini mahorat … Читать далее

POYTUGʻ

POYTUGʻ — Andijon viloyati Izbos-kan tumanidggn shahar (1980-y. dan). Tuman markazi (1935-y. dan). T. y. stan-siyasi. Viloyat markazi (Andijon sh.)dan 12 km. Aholisi 29,2 ming kishi (2003). Katta Fargʻona kanalidan suv oladi. Toponimistlarning fikricha, shahar nomi «poy» — quyi, etak va «tugʻ» — bayroq, toʻgʻon soʻzlaridan vujudga kelgan (Mahmud Koshgʻariyda tugʻ — toʻgʻon). Shunga asoslanib, … Читать далее

MILITSIYA

MILITSIYA (lot. militia — qoʻshin) (OʻzRda) — konstitutsiyaviy tuzumni himoya qilish, jamoat tartibi va xavfsizligini saqlashga daʼvat etilgan, fuqarolar hamda davlat mulkini, qonunchilikni, aholi, korxona va tashkilotlarning qonuniy huquq va man-faatlarini himoya qiluvchi, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarga qarshi kurashuvchi maʼmuriy organ. OʻzR Vazirlar Mahkamasining «Ichki ishlar idoralarida xizmat utash tartibi haqidagi vaqtinchalik nizom» (1993-y. 8 yanv.), … Читать далее

MATEMATIKA

MATEMATIKA (yun. mathematike, mathema — bilim, fan) — aniq mantiyey mushohadalarga asoslangan bilimlar haqidagi fan. Dastlabki obyekti sanoq boʻlgani uchun koʻpincha unga «qisobkitob haqidagi fan» deb qaralganʻ (bugungi Matematikada hisoblashlar, hatto formulalar ustidagi amallar juda kichik oʻrin egallaydi). Matematika eng qad. fan sohasi boʻlib, uzoq rivojlanish tari-xini bosib oʻtgan va buning barobarida «Matematika nima?» degan … Читать далее

MARKETING

MARKETING (ing. market — bozor, bozordagi harakat, faoliyat) — korxonaning tovarlar i. ch. va sotishini tashkil etish hamda boshqarish shakli. «Marketing» atamasi isteʼmolga 19-a. ning 60-y. larida Makkovern tomonidan kiritilgan. Marketing nazariy konsepsiya va tijorat faoliyatining oʻziga xos hodisasi tarzida 20-a. boshlarida AQSHda ilk bor qoʻllanildi. I. ch. va kapitalning yuksak darajada toʻplanishi, iqtisodiyot tarmoqlarida … Читать далее