POYTUGʻ

POYTUGʻAndijon viloyati Izbos-kan tumanidggn shahar (1980-y. dan). Tuman markazi (1935-y. dan). T. y. stan-siyasi. Viloyat markazi (Andijon sh.)dan 12 km. Aholisi 29,2 ming kishi (2003). Katta Fargʻona kanalidan suv oladi.

Toponimistlarning fikricha, shahar nomi «poy» — quyi, etak va «tugʻ» — bayroq, toʻgʻon soʻzlaridan vujudga kelgan (Mahmud Koshgʻariyda tugʻ — toʻgʻon). Shunga asoslanib, toponim «toʻgʻon tagi, toʻgʻon yoni» boʻlishi mumkin.

Poytugʻda tuman hokimiyati binosi, maʼmuriy tashkilotlar, ip yigiruv-toʻquv, poyabzal, shoyi toʻqish f-kalari, paxta tozalash z-di, non k-ti, viloyat taʼmirlash i. ch. korxonasi, avtostansiya, dehqon bozori, savdo, madaniy, maishiy xizmat kursatish shoxobchalari bor. Umumiy taʼlim maktablari, litsey, 2 kasb-xunar kolleji, 5 kutubxona, madaniyat va istirohat bogʻi, Xotira may-doni mavjud. Markaziy kasalxona, 3 poliklinika, tez tibbiy yordam boʻli-mi faoliyat koʻrsatadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x