MURODOV

MURODOV Roʻzimbek (1928.21.3, Toʻrtkoʻl tumani) — baxshi, Uzbekiston xalq artisti (1989). Doston yoʻllarini bobosi Amin baxshi va otasi Murod baxshilardan oʻrgangan. Toshkent konservatoriyasini tugatgan (1956).

Oʻzbekiston radio va televideniyesidagi oʻzbek xalq cholgʻulari orkestrida dirijyor (1957—65), Toshkent musiqa bilim yurtida (1952—92), Abdulla Krdiriy nomidagi madaniyat in-tida (2001-y. dan) pedagog. Murodov Xorazm dostonchilik sanʼati anʼanalarini eroniy va shirvoniy uslublarini omuxta yoʻnalishida oʻziga xos ovoz bilan ijro etadi. Soʻz aytishi burro, yuqori nutq sanʼati bilan tinglovchini tezda oʻziga jalb qila oladi. Repertuaridan 20 dan ortiq doston oʻrin olgan: «Oshiq Gʻarib va Shohsanam», «Goʻroʻgʻli», «Najab oʻgʻlon», «Xirmon Dali», «Sayodxon Hamro», «Maxtumquli», «Paygʻambar Ibroxim xalilulloh», «Fidoiy» (E. Oxunova bilan birgalikda) va b. «Ona shabrim Toshkentim», «Sanʼat saodatimdir», «Mudom orzu aylab» kabi qoʻshiqlarga musiqa yozgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x