MUHAMMAD SOLIH

MUHAMMAD SOLIH (1455, Xorazm — 1535, Buxoro) — shoir. Xorazm hokimi amir Nursaidbek oilasida tugʻilgan. Bobosi Shohmalik Ulugʻbek saro-yida, otasi Nursaidbek esa Ulugʻbek, Joʻgi Mirzo, Abu Said saroylarida eʼtiborli arboblardan boʻlgan. M. S. Xorazmda savod chiqargach, Hirotga borib, Aburahmon Jomiydyan ilm oʻrgangan. Otasi vafot etgach, Husayn Boyqaro va b. temuriylar saroyida maʼlum muddat xizmat qilgan. Biroq otasining oʻlimiga sababchi boʻlgan temuriyzodalar bilan ishlashni xoxlamay, 1499-y. Shayboniyxon xizmatiga kirgan. Buxoro, Chorjoʻy, Niso viloyatlariga hokimlik qilgan. «Amir ul-ulamo», «Malik ush-shuaro» unvonlariga sazovor boʻlgan. 1507—10 y. larda Hirotda yashagan. Shayboniyxon vafotidan soʻng Buxoroga qaytgan.

Muhammad Solih turkiy va forsiyda ijod qilgan. Sheʼrlari ishqiy, biografik, siyosiy mavzuda. Oʻzbek adabiyoti tarixida ilk realistik tarixiy doston — «Shayboniynoma»ni yozgan. Doston 8880 misra, 76 bobdan iborat. 15-a. oxiri — 16-a. boshlaridagi voqealar aks etgan bu asar tarixiy, etnografik, geografik, lingvistik jihatlardan ham, badiiyligiga koʻra ham muhim ahamiyatga ega. Dostonning asl nusxasi topilgan emas, ammo shoir hayotligida Qosim kotib tomonidan 1510-y. da koʻchirilgan qoʻlyozma nusxasi Venada saqlanadi. 1904-y. da Sankt-Peterburgda (1904), Toshkentda (1961, 1989) nashr etilgan.

Vamberi M. S. ning «Laylo va Majnun» nomli turkcha goʻzal dostoni borligini xabar bergan, lekin u topilgan emas. «Qomus ul-aʼlom»sA «Noz va Niyoz» manzumasi Muhammad Solihga nisbat berilgan, biroq Nisoriy «Muzakkiri ahbob»da uning muallifini Baqoiy deb koʻrsatadi.

As: Shayboniynoma, T., 1961; 1989.

Ad.: Akra mov A., Muhammad Solih, T., 1966; Ibrohimov A., 16 asr oʻzbek adabiyotining asosiy xususiyatlari, T., 1976.

Begali Krsimov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x