MIRSHAKAR

MIRSHAKAR (taxallusi; asl ism-sharifi Mirshakarov Mirsaid) (1912.23.4, Tojikiston, Shugʻnon tumani — 1993.31.8, Dushanba) — tojik shoiri, dramaturg. Tojikiston xalq shoiri (1962). Tojik adabiyotida sheʼriyatning epik janrlarini rivojlantirgan. «Zafar bayrogʻi» (1934) dostonida Vaxshdagi qurilishlar aks etgan. Xalq afsonasi asosida yaratilgan «Oltin qishloq» (1942) dostoni tojik sheʼriyatining eng yaxshi namunasidan biri hisoblanadi. «Notinch Panj» (1949), «Muhabbat va burch» (1962) va b. dostonlarida tojik xalqi hayotidagi tarixiy voqealar ifodalangan. Mirshakar «Oltin qishloq» (1949), «Usmonov fojiasi» (1957) va b. dramalar, «Ilhom» sheʼriy toʻplami (1967), «Yoshlik ayyomi» (1972) kitobi va b. asarlar muallifi. Mirshakar tojik bolalar adabiyotining asoschilaridan. «Ishq ustozi» (1945), «Mening shahrim» (1963) pyesalari keng ommalashgan. «Biz Pomirdanmiz», «Qobil kimu, noqobil kim?», «Hammavaqt aʼlo oʻqingiz», «Oʻrmonda», «Kuchukcha», «Kulgili maymun» va b. kitoblariga kirgan turli janrdagi sheʼr, doston va qissalarida bolalar psixologiyasi ustalik bilan ochilgan. «Oltin qishloq» (1948), «Biz Pomirdanmiz» (1952), «Togʻ qizining ishqi» (1968) kitoblari oʻzbek tilida nashr qilingan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x