BERUNIY

BERUNIY Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad (973.4.9, qad. Kot (Kat) sh. — 1048.11.12. Gʻazna (hoz. Afgʻonistonda) — ulugʻ oʻzbek mutafakkir olimi, oʻrta asrning buyuk daholaridan. Oʻz zamonasining hamma fanlarini, birinchi navbatda falakiyot (astronomiya), fizika, riyoziyot (mat.), ilohiyot, maʼdanshunoslik fanlarini puxta egallagan. Bu fanlar taraqqiyotiga qoʻshgan hissasi bilan uning nomi dunyo fanining buyuk siymolari qatoridan joy … Читать далее

VITGENSHTEYN

VITGENSHTEYN (Wittgenstein) Lyudvig (1889.26.4, Vena – 1951.29.4, Kem-brij) — avstriyalik faylasuf va mantiqshunos, analitik falsafa namoyandasi. 1929-y. dan Angliyada yashadi, Kembrij un-ti prof. (1939—47). Falsafiy faoliyatining dastlabki davrida, B. Rassedlan keyin falsafani mantiqiy tahlil qilishni ishlab chikdi. Vitgenshteyn «Mantiqiy-falsafiy risola» (1921) asarida oʻzi yaratgan sunʼiy til qurilishi tartiblarini tekshirdi. Uningcha, bu til mantiqiy jihatdan bekam-koʻst, … Читать далее

VALYUTA KURSI

VALYUTA KURSI — bir mamlakat pul birligining boshqa mamlakat pul birligida ifodalangan narxi. Valyuta kursining qatʼiy qayd etilgan va oʻzgarib turadigan (valyuta bozorida u yoki bu valyutaga talab yoki taklifga qarab) turlari mavjud. Valyuta kursi mamlakatlar valyutasining xarid kobiliyati, shuningdek xalqaro toʻlov vositalari (mas. SDR, yevro) bilan oʻzaro munosabat va b. omillar (tovarlar narxini milliy … Читать далее

VAGONETKA

VAGONETKA (frans. Wagonnet — kichik vagon) — tor izli yoʻllarda yaqin masofalarga yuk tashiydigan kichik (0,5—6 m3) hajmli transport vositasi. Vagonetkalar qurilish, sanoat korxonalari va omborlar, kumir va ruda konlarida, karyerlarda ishlatiladi. Bulardan tashqari maxsus (yogʻoch, suv, yoqilgʻi tashishga), odamlar (mas., konchilar) tashishga moʻljallangan xillari ham bor. V. lar motovozlar, elektrovozlar va parovozlar bilan tortiladi, … Читать далее

VOHON TILI

VOHON TILI — vohonlar tili. Panj daryosining boʻylarida — Tojikiston va Afgʻonistonda hamda Sharqiy Turkistonda, qisman Pokistonda tarqalgan. Hind-yevropa tillari oilasining Hind-Eron tillari guruhiga mansub. Sarikoʻl, ishkoshim, yatnob, yazgʻulom, shugʻnon, rushan kabi hoz. mavjud kichik xalqlar tillari bilan aloqador. Sharqiy eroniy tillardan sugʻd, sak, toxar, xorazmiy tillari oʻzbek tilining shakllanishida katta ahamiyat kasb etgan substrat … Читать далее

BEZAK SANʼATI

BEZAK SANʼATI — sanʼat turi; in-son atrofidagi moddiy muhitni shakllantiradi, badiiy bezash uchun xizmat qiladi, unga estetik va gʻoyaviy badiiy mazmun baxsh etadi. Bezak sanʼati insonning xizmatidagi buyumlarga bezak boʻlib, shu bilan bir qatorda insonga estetik, gʻoyaviy va badiiy taʼsir koʻrsatadi, in-son moddiy muhitining kurki, nafo-sati sifatida namoyon boʻladi. Asosiy sohalari: meʼmorlik bilan bevosita bogʻliq … Читать далее

BATOMETR

BATOMETR — suvning kimyoviy va fizikaviy xossalarini tekshirish, undagi organik hamda anorganik koʻshilmalarini aniqdash maqsadida tabiiy suv havzalaridan muayyan chuqurlikda namuna oladigan asbob. Tez toʻladigan va sekin toʻladigan xillari boʻladi. Tez toʻladigan dengiz B. ichi boʻsh metall silindr boʻlib, qopqoq va termometr bilan taʼminlanadi. Oddiy shisha idish sekin toʻladigan Batometr vazifasini oʻtaydi. Shisha idish maʼlum … Читать далее

VIRUSLI KASALLIKLAR

VIRUSLI KASALLIKLAR, virozlar — viruslar qoʻzgʻatadigan kasalliklar. Virusli kasalliklarga odam, hayvon va oʻsimliklarda uchraydigan juda koʻp yuqumli kasalliklar kiradi. Odamlarda viruslar qoʻzgʻatadigan gripp, qizamiq, suv chechak va chin chechak, virusli gepatit, poliomiyelit, ensefalit, quturish, gemorragik isitma kabi kasalliklar birmuncha mukammal oʻrganilgan. Kupincha teri kasalliklarini ham viruslar paydo qilishi aniqlangan. Hayvonlarning Virusli kasalliklar iga kirov (oqsim), … Читать далее

BARBADOS

BARBADOS (Barbados) — Markaziy Amerikada, Kichik Antil o. larining Barbados o. da joylashgan davlat. Mayd. 430 km2. Aholisi 300 ming kishi (1995). Poytaxti — Brijtaun sh. Davlat tuzumi. Barbados — Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdoʻstlik tarkibida mustaqil davlat. Davlat boshligʻi — Buyuk Britaniya qirolichasi (qiroli), hokimiyatni general-gubernator amalga oshiradi. Qonun chiqaruvchi hokimiyat ikki palatali parlament; u … Читать далее

VYETNAM

VYETNAM, Vyetnam Sotsialistik Respublikasi (Cond Hoa Xa Hoi Chu Nghia Viet Nam) , BCP – Jan.-Sharqiy Osiyoda, Hindixitoy ya. o. dagi davlat. Mayd. 330 ming 991 km2. Axoliyey 76,3 mln. kishi (1999). Maʼmuriy jihatdan 63 viloyat (tin) va markazga boʻysunuvchi 4 shahar — Xanoy, Xoshimin (sobiq Saygon) Xayfon va Xyuega boʻlinadi. Poytaxti — Xanoy sh. … Читать далее