VITGENSHTEYN

VITGENSHTEYN (Wittgenstein) Lyudvig (1889.26.4, Vena – 1951.29.4, Kem-brij) — avstriyalik faylasuf va mantiqshunos, analitik falsafa namoyandasi. 1929-y. dan Angliyada yashadi, Kembrij un-ti prof. (1939—47). Falsafiy faoliyatining dastlabki davrida, B. Rassedlan keyin falsafani mantiqiy tahlil qilishni ishlab chikdi. Vitgenshteyn «Mantiqiy-falsafiy risola» (1921) asarida oʻzi yaratgan sunʼiy til qurilishi tartiblarini tekshirdi. Uningcha, bu til mantiqiy jihatdan bekam-koʻst, yaʼni oddiy (tabiiy) tiddagi koʻp maʼnoli soʻzlardan, mantiqiy noanikliklardan xoli. Vitgenshteyn tildan, ongdan tashqari obyektiv reallik, borliq mavjudligini inkor etdi. Vitgenshteynning taʼkidlashicha, tildagi kamchiliklarni aniqlash va bartaraf qilish falsafaning vazifasidir. Vitgenshteynning bu qarashlari lingvistik falsafa taraqqiyotiga taʼsir koʻrsatdi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x