XORIYEN QALʼASI

XORIYEN QALʼASI, Xoriyen qoyasi — makedoniyalik Iskandar (Aleksandr) nint Turonzaminga qilgan bosqinchilik yurishi davrida mahalliy eparx (hokim) lardan biri — Xoriyen rahbarligida olib borilgan mudofaa (mil. av. 328-y.). Aleksandr Sugʻd qoyasshsh egallagach, Paretaka («Togʻlar oʻlkasi») viloyatiga (Jan. Oʻzbekistondagi Boysun togʻlari) yoʻl olgan. Bu yerdagi mustaxkam qalʼalardan biriga Xoriyen boshqa aslzodalar bilan oʻrnashib olgan. U uzoq … Читать далее

MISR

MISR, Qadimgi Misr — Afrikaning shim.-sharqida, Nil daryosining quyi oqimida joylashgan qad. davlat. Tarixi. Misrda odamlar paleolit davridan boshlab yashagan. Mil. av. 10—6ming yillikda Nil atrofidagi savannalarda tarqoq yashagan qabilalar terimchilik, ovchilik, keyinroq esa baliq ovlash bilan shugʻullanishgan. Ular orasida kad. som xalqlariga mansub qabilalar, barbarlar va kushitlar • boʻlib, ularning aralashuvidan mil. av. 4ming … Читать далее

MADOINIY

MADOINIY Abulhasan Ali ibn Muhammad ibn Abdulloh ibn Abu Sayf (9-a. ning 1-yarmi) — tarixchi va adib. Basrada taʼlim olgan. Birmuncha vakt Madoin (Mesopotamiya)da turgan (M. nisbasi ham shundan), Bagʻdodda yashagan. Ibn anNadim «Fehrist» («Mundarija») nomli asarida Madoiniy toʻgʻrisida eslatib oʻtgan. Madoiniy islom, xalifalik tarixi, bosqinchilik urushlari, qoʻzgʻolonlar hamda oʻlka va shaharlar tarixi, Muhammad (sav) … Читать далее

KANSI

KANSI (haqiqiy ismi Syuan Ye., (1654.4.5-1722.20.12, Pekin) – Xitoydagi manjurlarning Sin sulolasi imperatori (1662-y. dan). Kansi xukmronligi vaqtida manjurlar tomonidan Xitoyni istilo qilish tugallangan. Qoʻshni xalklar va davlatlarga nisbatan bosqinchilik siyosati olib borgan. 1691-y. da Xalxani bosib olgan, Oyrat xonligi bilan urush olib borgan. Kansi davrida Tibetda manjurlar sulolasining hukmronligi mustahkamlangan, Amur daryosi boʻyidagi rus … Читать далее

XIVA XONLIGI

XIVA XONLIGI — oʻzbek davlatchiligi tarixi boskichlaridagi uchta xonlikdan biri (1512—1920-y.). Poytaxti — Vazir, Koʻhna Urganch, 16-a. ning 70-y. laridan — Xiva sh. Temuriylar tasarrufida boʻlgan Xorazm hududini Shayboniyxon 1505-y. da bosib olgan. Shayboniyxon vafoti (1510) dan keyin Xorazm Eron safaviylari qoʻl ostiga oʻtdi. Ularga qarshi xalq qoʻzgʻoloni boʻlib, unga Vazir qalʼasi qozisi Umar va … Читать далее

BUYUK BRITANIYA

BUYUK BRITANIYA, Britaniya, Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Qoʻshma Qirolligi (United Kingdom of Great Britain and Northern Ireland) — Shim. Gʻarbiy Yevropadagi davlat. Buyuk Britaniya o. (mamlakat hududining 90%i shu orolda) va Irlandiya o. ning shim. sharqiy qismida hamda ularga yondosh mayda orollar (Anglsi, Uayt, Normand, Orkney, Gebrid, Shetlend va b.)da joylashgan. Gʻarbdan Atlantika okeani, … Читать далее

KAUFMAN Konstantin Petrovich

KAUFMAN Konstantin Petrovich [1818.19.2(2.3) – 1882.4.5, Toshkent] – Turkistonni bosib olish maqsadida Rossiya uyushtirgan harbiy yurishlarning rahbari, Turkiston general-gubernatori (1867—82). Ruslashgan nemis dvoryani oilasida tugʻilgan. Rossiya imperatori xonadoniga yaqin oilada tarbiyalandi. Yettisuv kazak qoʻshinlarining atamani, general-adyutant (1864), muhandisgeneral (1874). Xalq oʻrtasida istehzo b-n «yarim podsho» deb atalgan. Rossiya Turkistonni bosib olishga kirishgach, Turkiston oʻlkasining 1-general-gubernatori … Читать далее

OʻRTA JUZ

OʻRTA JUZ — Qozogʻistonda xoʻjalik va geografik jihatdan alohida ajralib turadigan, bir guruh qozoq qabilalari istiqomat qiladigan hududiy birlik. 16-asr boshida shakllangan. Hoz. Shim., Markaziy, Shim. Sharqiy va Sharqiy Qozogʻiston hududini egallagan. Oʻrta juz yerlari qadimdan alanlar, qangʻli, qipchoq qabila ittifoqlari shakllangan eng muhim etnik markazlardan biri boʻlgan. Oʻrta juz tashkil topishi bilan uning tarkibiga … Читать далее

SVIFT

SVIFT (Swift) Jonatan (1667.30.11 Dublin — 1745.19.10) — ingliz yozuvchisi, jamoat arbobi. 1682—88 y. larda Dublin un-tining Trinitikollejida tahsil koʻrgan. Ilk asarlari — «Vilyam Senkroftga qasida» (1690) va «Kongrivga qasida» (1693). «Kitoblar jangi» (1697) pamfletining davomi «Bochka haqida ertak» hajviyasi (1704) da katolik, anglikan va puritan cherkovlari orasidagi kurash parodiya ruhida tasvirlangan. «Movutchining xatlari» (1723—24) … Читать далее

SUY

SUY, Suy xonligi — Xitoydagi sulola va davlat (581—618). Asoschisi — sarkarda Yan Szyan (Yang Jyan); u imperator Vendi (581—604-y. larda hukmronlik qilgan) nomi bilan mashhur boʻlgan. U 589-y. mamlakatning jan. va shim. ni birlashtirib, xitoylik boʻlmagan elatlarning shim. dagi hukmronligiga chek qoʻygan. Davlat hududi sharqda dengiz qirgʻoqlarigacha, gʻarbda Sharqiy Turkistongacha, jan. da hoz. XXRning … Читать далее