KAUFMAN Konstantin Petrovich

KAUFMAN Konstantin Petrovich [1818.19.2(2.3) – 1882.4.5, Toshkent] – Turkistonni bosib olish maqsadida Rossiya uyushtirgan harbiy yurishlarning rahbari, Turkiston general-gubernatori (1867—82). Ruslashgan nemis dvoryani oilasida tugʻilgan. Rossiya imperatori xonadoniga yaqin oilada tarbiyalandi. Yettisuv kazak qoʻshinlarining atamani, general-adyutant (1864), muhandisgeneral (1874). Xalq oʻrtasida istehzo b-n «yarim podsho» deb atalgan. Rossiya Turkistonni bosib olishga kirishgach, Turkiston oʻlkasining 1-general-gubernatori va Turkiston harbiy okrugi qoʻmondoni. Kaufmanga Rossiya imperatori Aleksandr II juda katta vakolatlar bergan. Kaufman 1868-y. 1 yanv. da Toshkentga keldi. K. Rossiya hukmron doiralarining shovinistik va bosqinchilik siyosatini Turkistonda izchillik bilan davom ettirdi. Buxoro amirligi (1868) va Xiva xonligi (1873) hududining katta qismini bosib oldi, Qoʻqon xonligini tugatdi (1876). Turkiston oʻlkasini boshqarish tartiblarini joriy qilib, oʻzi harbiy gubernatorlar, uyezd boshliqlari va politsiya faoliyatiga rahbarlik qilgan. Buxoro amirligi va Xiva xonligi bilan mustaqil aloqalar oʻrnatgan. K. Turkistonni mustamlaka asoratida saqlashga, uni Rossiyaning xom ashyo bazasiga aylantirishga katta xizmat qilgan.

Ad.: Oʻzbekistonning yangi tarixi, 1-kitob [Turkiston chor Rossiyasi mustamlakachiligi davrida], T., 2000.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x