UYGʻUN

UYGʻUN (taxallusi; asl ismsharifi Otaqoʻziyev Rahmatulla) (1905.14.5, Jambul viloyati Marki qishlogʻi —1990.22.4, Toshkent) — shoir va dramaturg. Oʻzbekiston xalq shoiri (1965). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1956). Oʻzbekiston FA ning muxbir aʼzosi (1974). Mehnat Qahramoni (1985). Samarqanddagi ped. akademiyada tahsil koʻrgan (1927—30). Oʻzbekiston davlat nashriyotida boʻlim mudiri, «Qurilish» jur. da masʼul kotib (1930 — 31), … Читать далее

XIROMIY

XIROMIY (taxallusi; ismi Mullo Qurbon) (1796, Kitob viloyati Charmgaron guzari — ?) — shoir. Baʼzi manbalarda Mirzo Qurbon, Muhammad Qurbon deb ham tilga olingan. Kenagas urugʻidan. Buxorodagi Mir Arab madrasasida tahsil koʻrgan. Iqtisodiy tanglik tufayli madrasani tugata olmagan, 25 yoshida Kitobga qaytgan. Xattotlik, tabiblik, charmgarlik qilib roʻzgʻor tebratgan. X. Nasrullaxonttg bosqinchilik siyosatiga qarshi kurashuvchilar safida … Читать далее

FAYOZTEPA

FAYOZTEPA — mil. 1—3-a. larga oid budda monastiribodatxona majmuasi (vixara). Termiz sh. yaqinidagi Eski Termiz shahar xarobalarining shim. gʻarbida. Horatepalan 1 km shim. sharqda joylashgan. Fayoztepaning ochilishi 1968-y. bahorida choʻpon Absad Beknayev tomonidan mergeliy ohak toshidan ishlangan budda sanamini Kuchma kum ustidan topib, Termiz oʻlkashunoslik muzeyiga topshirishidan boshlandi. Yodgorlik 1968—76 y. larda arxeolog L. I. … Читать далее

U

U — oʻzbek Kirill alifbosining yigirma birinchi harfi; nutq tovushlari tizimida lablashgan, tor, til orqa unlini, shuningdek, alohida soʻzni — kishilik yoki koʻrsatish olmoshi hisoblangan U soʻzini ifodalaydi. Ushbu harf ifodalagan fonema rasmiy yozma adabiy tilda til orqa fonemasi deb qabul qilingan boʻlsada, ogʻzaki nutqda hamda oʻzbek tilining qipchoq va b. bir qancha shevalarida uning … Читать далее

UDI

UDI (asl ismi Lyu Che) (mil. av. 156 — 87) — Xitoy imperatori (mil. av. 140 — 87); Gʻarbiy Xan sulolasidan. Taxtni Udi (jangovar imperator) nomi b-n boshqargan. Nihoyatda qattiqqoʻl, qobiliyatli, shuhratparast va jangovar shaxe boʻlgan. Markaziy hokimiyatni mustahkamlash yoʻlida siyosiy, iqtisodiy, harbiy islohotlar oʻtkazgan. Mil. av. 127-y. zodagonlar yer mulklarini vorislar oʻrtasida taqsimlash haqida … Читать далее

OSSURIYA

OSSURIYA — Mesopotamiyaning shim. da, Dajla daryosi yuqori oqimi boʻylarida qadimda mavjud boʻlgan davlat (mil. av. 20—7-a. lar). Ashshur (Assur) shahardavlati nomidan olingan. Ossuriya aholisi, asosan, somiy-akkad xalqlariga mansub boʻlgan. Mil. av. 18-a. boshida Ashshur yirik davlatning markazi edi. Keyinchalik Bobil, 16—15-a. larda Mitanni davlatlari qoʻl ostiga oʻtgan. Ashshur hukmdori Ashshuruballit I (mil. av. 15-a. … Читать далее

MAHMUD SULTON

MAHMUD SULTON, Mahmud Bahodir sulton ibn shoh Budogʻ sulton ibn Abul-xayrxon (1454—1504) — shayboniy sultonlardan, Muhammad Shayboniyxonning ukasi. 3 yoshida qalmoqlar xoni Oʻztemurtoyshi qoʻliga tushib, 7 yil tutqunlikda boʻlgan. Akasining barcha yurishlarida faol ishtirok etgan. 15-a. oxirida Dashti Qipchoqdagi qozoq xonlari (Burunduqxon, Qosimxon) b-n kurashgan. Shayboniyxonning Movarounnahrga qilgan yurishida qatnashgan (1500—04). 1501-y. Qorakoʻlda shayboniylarga qarshi … Читать далее

FRANSIYA

FRANSIYA (France). Fransiya Respublikasi (Republigue Franchise) — Gʻarbiy Yevropadagi davlat. Gʻarbda va shim. da Atlantika okeani hamda LaMansh boʻgʻozi, jan. da Oʻrta dengiz bilan oʻralgan. Mayd. 547,03 ming km2. Aholisi 60,424 mln. kishi (2004). Poytaxti — Parij sh. Maʼmuriy jihatdan 22 region (viloyat), 96 departamentga boʻlingan. Fransiya tarkibida dengiz orti departamentlari (Gvadelupa, Martinika, Gviana, Reyunyon), … Читать далее

KOREYa

KOREYa (koreyscha Choson — Tonggi tarovat) — Sharqiy Osiyodagi mamlakat. Asosan, Koreya ya. o. va uning materikka tutashgan qismida hamda 3,5 mingga yaqin orolda joylashgan. Koreyani sharkdan Yapon dengizi, gʻarbdan Sariq dengiz oʻrab olgan, jan. da Koreya boʻgʻozi uni Yaponiyadan ajratib turadi. Dengiz chegaralari 8,7 ming km. Shim. da Xitoy va Rossiya Federatsiyasi bilan chegaradosh. … Читать далее

KOGURYO

KOGURYO — qad. koreys qabilasi, keyinchalik milodning dastlabki asrlarida Koreya ya. o. dagi 3 ta davlat (K., Pekche, Silla) dan biri. Koguryo qabilasi mil. 1-a. boshiga kelib Amnokkan daryosining oʻrta oqimidagi hududlarda istiqomat qilgan. Koguryo davlati 4-a. oxirida ravnaq topgan. 612-y. u Xitoydagi Suy sulolasining bosqinchilik yurishini qaytargan. 668-y. Xitoyning Tan sulolasi qoʻshinlari Silla davlati … Читать далее