SVIFT

SVIFT (Swift) Jonatan (1667.30.11 Dublin — 1745.19.10) — ingliz yozuvchisi, jamoat arbobi. 1682—88 y. larda Dublin un-tining Trinitikollejida tahsil koʻrgan. Ilk asarlari — «Vilyam Senkroftga qasida» (1690) va «Kongrivga qasida» (1693). «Kitoblar jangi» (1697) pamfletining davomi «Bochka haqida ertak» hajviyasi (1704) da katolik, anglikan va puritan cherkovlari orasidagi kurash parodiya ruhida tasvirlangan. «Movutchining xatlari» (1723—24) va «Kamtarin taklif» (1729) pamfletlarida irland xalqi boshidan kechirayotgan zulm qoralangan. «Dunyoviy suhbatchilar» (1738), «Malaylarga oʻgitlar» (1745) kabi hajviyalari xam bor. S. ijodidagi eng muhim va yagona roman — «Gulliverning sayohatlari» (1—2j. lar, 1726) ingliz jamiyatidagi illatlarni fosh etuvchi achchiq satira, oʻtkir aybnomadan iborat. Gulliverning xayoliy oʻlkalar — liliputlar (mitti odamlar), brobdingneglar (ulkanlar), guigngnmlar (aqlli otlar) mamlakatlariga qilgan sayohatlari bilan bogʻliq holda adib real voqelikdagi yangicha munosabatlar, bosqinchilik urushlari, davlat idoralaridagi sotqinlik, sudyalarning adolatsizligi va b. larda aks ettirgan.

Svift satirasi uning ijodiga xos boʻlgan maʼrifatparvarlik asosida rivojlanib, xususiy va ijtimoiy illatlarni tugatish zarurligini taʼkidlagan gumanistik pafos bilan chambarchas bogʻliq.

As: Gulliverning sayohatlari, T., 1948.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x