OʻRTA JUZ — Qozogʻistonda xoʻjalik va geografik jihatdan alohida ajralib turadigan, bir guruh qozoq qabilalari istiqomat qiladigan hududiy birlik. 16-asr boshida shakllangan. Hoz. Shim., Markaziy, Shim. Sharqiy va Sharqiy Qozogʻiston hududini egallagan. Oʻrta juz yerlari qadimdan alanlar, qangʻli, qipchoq qabila ittifoqlari shakllangan eng muhim etnik markazlardan biri boʻlgan. Oʻrta juz tashkil topishi bilan uning tarkibiga qipchoq, argʻin, nayman, keray, uak, qoʻngʻirot qabilalari kirgan. Oʻrta juz qozoklarining asosiy mashgʻuloti qoʻchmanchi chorvadorlik hisoblangan. Oʻrta juzning jan. qismidagi koʻchmanchilik gumanlari Sirdaryoning oʻrta oqimi va Oʻrta Osiyodagi oʻtroq dehqonchilik markazlari bilan, Shim. va Shim. Sharqiy tumanlar esa — Sibir va Rossiya bilan aloqador edi. Qozoqlar chorvachilik mahsulotlarini non, hunarmandchilik buyumlari va sanoat tovarlariga almashar edilar. Turli davrlarda Oʻrta juz hududida oʻzaro raqobatda boʻlgan xonliklar vujudga kelgan. Oʻrta juzning Rossiya bilan iktisodiy aloqalarining tobora mustahkamlana borishi, jungʻorlarning bosqinchilik yurishlari Oʻrta juz qozokdarini Rossiya tarkibiga qoʻshilish jarayonini tezlashtirgan (18-asrning 40-y. lari). 19-asrda Oʻrta juz qozoq aholisi sonining 1 mln. kishini tashkil etgan.
0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Войти через
авторизуйтесь
Я разрешаю создать мне учетную запись
Когда вы первый раз заходите с помощью соцсетей, мы получаем публичную информацию из вашей учетной записи, предоставляемой провайдером услуги соцсети в рамках ваших настроек конфиденциальности. Мы также автоматически получаем ваш e-mail адрес для создания вашей учетной записи на нашем веб сайте. Когда она будет создана, вы будете авторизованы под этой учетной записью.
Не согласенСогласен

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии