AMFIBOLLAR

AMFIBOLLAR — togʻ jinslari hosil qiladigan silikatlar sinfiga mansub minerallar guruhi. Magniy, temir, kalsiy, baʼzan alyuminiy va ishqorlarning kremniy-kislorodli birikmasi. Umumiy formulasi. Monoklin va ahyon-ahyonda rombik singoniyali. Amfibollar ichki tuzilishi, fizik xususiyatlari va hosil boʻlish sharoitlari bilan boshqa silikatlardan farq qiladi. Amfibollar siyenitlar, dioritlar, gabbro-amfibolitlar, amfibolli slaneslar va b. tarkibiga kiradi. Amfibollar kimyoviy tarkibi jihatidan birbiridan farq qiladi, lekin fizik xususiyatlari bilan oʻzaro oʻxshash. Qattiqligi 5—6,5. S. ogʻ. 2,8—3,6. Rangi minerallar tarkibidagi temir miqdoriga qarab, oq, sargʻimtir, yashil, qora va qoʻngʻir boʻladi. Amfibollar magmatik, metamorfik jinslarda, skarnlarda paydo boʻladi. Amfibollar vulkan lavalari tarkibida ham koʻp uchraydi. Umumiy miqdori Yer poʻstining qariyb 10% ini (massasi boʻyicha) tashkil qiladi. Ukraina, Uralda topilgan. A. Oʻzbekistonda juda keng tarqalgan (Olmaliq atroflari, Chatqol togʻlari, Oʻzbekistonning gʻarbidagi volfram, molibden konlari va b. joylarda). Amfibollarning baʼzi xillari, jumladan, amfibol-asbestning mayin, egiluvchan tolalaridan oʻtga va kislo-taga chidamli materiallar tayyorlanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x