AMPUTATSIYA

AMPUTATSIYA (lot. amputatio — kes-moq) — qoʻl-oyoqning periferik qismini yoki biror aʼzoni, mas, sut bezi, toʻgʻri ichak, bachadonni batamom yoki qisman kesib tashlash operatsiyasi, gangrena, ogʻir shikastlanish va b. hollarda qoʻllaniladi. Qoʻl-oyoq yoki uning bir qismini boʻgʻimdan ajratib olib kesib tashlash ekzartikulyatsiya deb ataladi. Amputatsiya qad. dan maʼlum. Hoz. zamon tibbiyoti jarohatning yiringlanib yalligʻlanishiga yoʻl qoʻymaydigan bir qancha choralarni koʻradi. Amputatsiya keng tarqalgan usuldir. Amputatsiyada qoʻl-oyoqning kesmay qoldirilgan boʻlagi qimirlaydigan va protezlanadigan (yasama qoʻl yoki oyoq qoʻyiladigan) boʻlishi nazarda tutiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x