ANDROMEDA

ANDROMEDA — yunon miflarida Habashiston podshosi qizi. Otasi Andromedani mamlakatni vayron qilayotgan dengiz maxluqiga qurbonlikka beradi, biroq Andromedani Persey xalos etadi. Rivoyatlarga koʻra, A. vafotidan soʻng yulduz turkumiga aylangan (yulduz turkumi nomi shundan olingan).

ANDIJONYOGʻMOY AKSIYADORLIK JAMIYATI

«ANDIJONYOGʻMOY» AKSIYADORLIK JAMIYATI — oziq-ovqat sanoati korxonasi, Andijon sh. da joylashgan. «Oʻzyogʻmoytamakisanoat» uyushmasi tarkibiga kiradi. Paxta chigitidan moy, xoʻjalik sovuni, shulxa, kunjara va b. mahsulotlar ishlab chiqaradi. 1907— 54 y. larda Andijon yogʻ z-di, 1954—94 y. larda Andijon yogʻ-moy kombinati, 1994-y. dek. dan hoz. nomda va ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati. 1907-y. «T. K. Solovyev va … Читать далее

ANDIJON NEFT KONI

ANDIJON NEFT KONI — Fargʻona vodiysining jan.-sharqidagi konlardan biri. Andijon sh. dan 14 km jan. da. Birinchi qidiruv ishlari 1932-y. dan boshlangan. 1935-y. da boshlangan burgʻulash natijasida 1937-y. 3-gorizontdan kuniga 35 t neft chiqa boshladi. Keyingi qidiruv ishlari natijasida 5-gorizontdan (1940), soʻngra 1-gorizontdan neft topildi. Andijon neft koni 1937-y. da foydalanishga topshirilgan. Andijon neft koni … Читать далее

ANDIJON

ANDIJON — Andijon viloyatidagi shahar. Viloyatning maʼmuriy, iqtisodiy va madaniy markazi. Oʻzbekistonning yirik industrial shaharlaridan biri. Shahar Fargʻona vodiysining sharqida. Andijonsoy yoqasida, dengiz sathidan 450 m balandlikda joylashgan. Iyulning oʻrtacha t-rasi 27° — 28°, yanv. niki — 3°. Aholisi 333,4 ming kishi (2000). Maydoni 74,3 km2. Andijon sh. shim.-gʻarbdan Oltinkoʻl tumani gʻarbdan Buloqboshi tumani va … Читать далее

ANDALUZIT

ANDALUZIT (Ispaniyaning Andalusiya viloyati nomidan) — orolsimon silikatlar kenja sinfiga mansub mineral. Kimyoviy formulasi Al2Si05. Qattiqligi 7 — 7,5. S. ogʻ. 3,1 — 3,2. Shishasimon yaltiroq, oʻtga chidamli. Oq, kulrang shaffof, pushti-qizil, qoʻngʻir-yashil rangli kristallari va ularning agregatlari metamorfik jinslarda uchraydi. Andaluzit chinnisozlik, alyuminiy, elektrometallurgiya sanoatida oʻtga chidamli material sifatida ishlatiladi. Zabaykalyeda, Oʻzbekistonda Zirabuloq-Ziyovuddin va … Читать далее

ANGREN

ANGREN (Ohangaron, yaʼni «temirchilar» atamasining ruscha buzilgan shakli) — Toshkent viloyatidagi shahar (1941 — 46 y. larda shaharcha). Jigariston, Jartepa, Teshiktosh, Qoʻyxona qishloqlari oʻrnida bunyod etilgan. Ohangaron daryosi boʻyida. Toshkentdan 120 km jan.-sharqda. T. y. stansiyasi. Aholisi 130,0 mingdan ziyod kishi (2000). Ohangaron vodiysining togʻli qismida. Angrenni shim.-gʻarbdan Chatqol tizmasi, jan.sharqdan Qurama togʻ tizmalari oʻrab … Читать далее

ANGLIYA BANKI

ANGLIYA BANKI (Bank of England) — Buyuk Britaniyaning davlat markaziy emissiya banki. 1694-y. da xususiy aksiyadorlik banki tarzida tashkil topgan. Dastlab eng yirik bankirlar uylari kapitalini markazlashtirdi, keyinchalik mamlakatning asosiy moliyaviy markaziga, davlatdagi banklarning bankiga aylandi. 1 – jahon urushi (1914 — 18) ga qadar Angliya banki banknotlarini oltinga almashtirish mumkin edi. 1946-y. da leyboristlar … Читать далее

ANGIOKARDIOGRAFIYA

ANGIOKARDIOGRAFIYA (angio…, yun. kardia — yurak va grapho — yozaman, tasvirlayman) — rentgenologik tekshirishda yurak va yirik tomirlar ichiga kontrast modda yuborib, ularning soya tasvirini olishga imkon beradigan usul. Yurakning asosan tugma poroklari tavsifini aniqlash uchun qoʻllaniladi.

ANBARSOY

ANBARSOY — Samarqand viloyati Xatirchi va Ishtixon tumanlari hududidagi soy. Shamolsoy va Chorvoqsoy nomlari bilan Oqtogʻning jan.-sharqiy yon bagʻridagi 1150 m mutlaq balandlikdan boshlanadi. Shamolsoy dastlab jan. ga tomon oqadi, Oqtosh togʻining sharqidan oʻtib Chorvoqsoy bilan qoʻshilgach, Zarbandsoy nomini oladi. Zarband darasidan chiqqandan soʻng, Anbarsoy deb ataladi. Toshqin paytlaridagina Okdaryoga yetib keladi. Anbarsoyning umumiy uz. … Читать далее

ANATAZ

ANATAZ — sodda oksidlar kichik sinfiga mansub mineral. TYU2ning polimorf modifikatsiyalaridan biri. Fe, Zn, Nb qoʻshimchalari boʻladi. Rangi yashil-sarikdan kulrang-qoragacha. Qattiqligi 5,5 – 6. S or. 3,8 – 3, 9. 915° gacha qizdirilganda rutilta aylanadi. Olmossimon yoki metallsimon yaltiroq. Gneys, granit va b. da ikki-lamchi aksessor mineral. Anataz yertomirlarda, magmatik va metamorfik jinslarda, kamroq miqdorda … Читать далее