AMNISTIYA

AMNISTIYA (yun. amnestia — kechirish, gunohidan oʻtish; amnistiya) — oliy davlat hokimiyati organining xususiy akti, ayrim shaxslarni jinoiy jazodan ozod qilish, jinoyat ishini bekor etish yoki jazoni yengillatish toʻgʻrisidagi qarori. Amnistiya jinoyat va b. huquqbuzarlikni sodir etgan shaxslarni jazodan toʻla yoki qisman ozod etish, tayinlangan jazo turini yengilrogʻi bilan almashtirish toʻgʻrisida insonparvarlikni namoyish qiluvchi farmoyishdir. OʻzR Konstitutsiyasiga koʻra, OʻzR Prezidenti Amnistiya toʻgʻrisidagi hujjatlarni qabul qilish va OʻzR sudlari tomonidan hukm qilingan fuqarolarni afv etish vakolatiga ega. Amnistiya xalq oʻrtasida «umumiy afv» deb ham yuritiladi. OʻzR mustaqilligi eʼlon qilinganidan beri OʻzR Prezidentining Amnistiya toʻgʻrisidagi 11 ta farmoni eʼlon qilingan (2001-y. 1 yanv. gacha). Bu farmonlar xalqaro huquq normalarida, Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va b. qonunlarida nazarda tutilgan insonparvarlik tamoyillariga izchillik bilan amal qilishning yuksak namunasidir. Amnistiyaga asosan, jazodan ozod qilingan shaxslar takroran jinoyat qilishdan oʻzlarini tiyishlari lozim, chunki takroran sodir qilgan jinoyati uchun hukm etilgan shaxslarga nisbatan keyinchalik qabul qilingan Amnistiya qoʻllanilmaydi va bu holat unday shaxsni jazodan ozod etishga monelik qiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x