AMPLUA

AMPLUA (frans. emploi — foydalanish) — aktyor imkoniyatlariga mos tushadigan rollar turkumi. Maʼlum rollarga ixtisoslashish barcha mamlakat teatrlari taraqqiyoti tarixida uchraydi. Ampluada ishlash, ayniqsa, Sharq teatriga xos. 17-a. oxiriga kelib yapon teatri (Kabuki)da Ampluaning 8 guruhi tarkib topdi. Hind teatrida esa Ampluaning 12 gu-ruhi maydonga keldi. Maʼlum davrgacha Amplua ijobiy rol oʻynagan. Ammo, keyinchalik Amplua tizimi aktyorlar ijodida qolip va nusxalarni keltirib chiqardi, mumtoz dramaturgiyaning ayrim asarlari Amplua doirasiga sigʻmay qoldi. Sahnada hayotni aynan aks ettirish usuli maydonga kelgach, Amplua tizimi inqirozga yuz tuta boshladi. Oʻzbek teatrining shakllanish davrida aktyorlik sanʼatida Amplua mavjud edi. Aktyorlar realistik sahna qonuniyatlarini puxta oʻzlashtirgan sayin turli mazmundagi rollarni ijro etishga oʻtib, A. dan uzoqlashdilar. Lekin har bir aktyorning sevgan rollari, oʻz ijo-diy mavzui boʻladi, buni A. bilan adashtirmaslik kerak. Amplua maydonlarda koʻrsatiladigan spektakllarda hamon ishlatiladi. Ampluaga asoslangan Sharq anʼanaviy teatri (Yaponiya, Xitoy, Hindiston) shu kunlarda ham faoliyat koʻrsatib kelmoqda.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x