GILAMCHILIK

GILAMCHILIK — gilam toʻqish kasbi, badiiy hunarmandlik sohasi. Qadimdan chorvachilik bilan shugʻullanadigan koʻchmanchi qabilalar orasida keng tarqalgan. Oʻsimlik (paxta, zigʻir, jut) tolasi, jun (qoʻy, echki, tuya juni) dangina tayyorlangan. Gilam toʻqish uchun qirqilgan junlar yuvilib tozalanadi, temir taroqlarda taraladi, taralgan junlardan ip yigiriladi. Iplar turli tabiiy boʻyoqlar bilan boʻyaladi. Shuning uchun gilam ranglari oʻzgarmaydi va … Читать далее

BAYOT

BAYOT, bayotlar — qad. oʻgʻuz qabilalaridan biri. Turkman tili lahjasida soʻzlashgan. 9 — 10-a. larda qay qabilasi bilan birga Dashti Qipchokda yirik oʻgʻuz qabilalari ittifoqiga bosh boʻlgan. 16-a. boshida shim. turkman qabilalari tazyiqi ostida Bayotning katta guruhi Sharqiy Xurosondan Amudaryoning oʻrta oqimi atroflari va Qorakoʻl vohasiga (Buxoroning gʻarbida) koʻchib kelishgan. 20-a. da turkman, ozarbayjon, oʻzbek … Читать далее

QORA YUSUF

QORA YUSUF (? – 1420.13.11, Ujon) — Qora qoʻyunli turkman qabilasi amiri Qoramuhammad turkmanning oʻgʻli. Sharafuddin Ali Yazdiy «Zafar-noma» asarida qayd etilishicha, Amir Temur Gʻarbiy yurishlari chogʻida Qora Yusufning hajga boruvchilar va savdo karvonlarini talab, qaroqchilikni kasb etganini bilgach, uni qattiq taʼqib ostiga oladi. Qora Yusuf Amir Temurga qarshi Iroq hokimi Ahmad Jaloyir bilan ittifoq … Читать далее

KERBOBOYEV Berdi Murodovich

KERBOBOYEV Berdi Murodovich [1894.3(15).3, Tajan tumani QavqiZarang qishlogʻi — 1974.5.3, Ashxobod] — Turkmaniston xalq yozuvchisi (1967), zamonaviy turkman adabiyoti asoschilaridan. Turkmaniston FA akad. (1951). Buxorodagi madrasada tahsil olgan, Leningrad un-ti sharq f-tida oʻqigan (1927-28). Ilk hajviy sheʼrlari 1925-y. da «Turkmaniston» gaz. va «Tokmak» («Toʻqmoq») jur. da bosilgan. Dastlabki dostonlari («Yangi turmushga», 1928; «Amudaryo», 1931), hikoya … Читать далее

QORABAYIR OT ZOTI

QORABAYIR OT ZOTI — salt miniladigan va aravaga qoʻshiladigan, q. x. ishlarini bajarishda foydalaniladigan ot zoti. Qadimgi Oʻrta Osiyo argʻumoqlarini moʻgʻul, turkman va arab ot zotlari bilan chatishtirib, takomillashtirish asosida Oʻzbekistonda yetishtirilgan. «Qorabayir ot zoti» atamasi 19-a. ning 2-yarmida paydo boʻlgan va «qoʻlbola», «xonaki ot» maʼnolarini bildiradi. Unga qadar Sharq va Gʻarb yozma manbalarida Buxoro, … Читать далее

YOR-YOR

YOR-YOR — nikoh toʻyi marosimlari jarayonida aytiladigan xalq qoʻshigʻi. Qadim zamonlardan oʻzbek, tojik, uygʻur va turkman xalqlari orasida keng tarqalgan. Ikkilik yoki toʻrtlik shaklidagi termalardan iborat boʻlib, har bandning oxiri, baʼzan oʻrtasida «Yoryor, aylanaman» kabi soʻzlar qoʻshib aytiladi. Odatda, doira joʻrligida, kelinni kuzatayotgan ayollar tomonidan, Fargʻona vodiysi (Fargʻona, Oʻsh, Xoʻjand) va Zarafshon vohasida kelinnikiga ketayotgan … Читать далее

DONISHMANDIYA DAVLATI

DONISHMANDIYA DAVLATI — Kappadokiya viloyati hududida boʻlgan qad. davlat (1071 — 1165). Poytaxti — Sivas sh. D. d. ga turkman amirlaridan biri — Gʻozi Ahmad ibn Ali ibn Nasr Donishmand (7—1106) asos solgan boʻlib, abbosiy xalifa Al-Qoim Biamrilloh (1031—75) unga oʻzi Rumda fath qilgan yerlar (Malotiya yoki Melitena, Sivas) ni inʼom etgan. Keyin, u oʻz … Читать далее

YUNUSXON

YUNUSXON (1415/17 1487) Toshkent hokimi (1485—87). Vaysxonshtt oʻgʻli. Boburning onasi Qutlugʻ Nigorxonimning otasi. «Boburnoma»da aytilishicha, «Yunusxon Chingizxonning ikkinchi oʻgʻli Chigʻatoyxonning naslidindur». Vaysxon vafotidan (1428) keyin to 1434-yilgacha ulusda notinchlik hukm surgan. Oʻzaro taxt talashishlardan soʻng 1434-yiltaxtga Vaysxonning kichik oʻgʻli Eson Bugʻaxon oʻtiradi. Katta oʻgʻli Yunusxonni esa tarafdorlari — amirlar Irzon Bayran va Turkman miraklar 30 … Читать далее

QULIYEVA

QULIYEVA Mayya (Mamajon; 1920, Ashxobod tumani) — turkman xonan-dasi (lirik soprano). Xalq artisti (1955). Moskva konservatoriyasida taʼlim olgan (1938—41). 1941-y. dan Mahtumquli nomidagi Turkman opera va balet teatrining yakkaxon xonandasi. Mohim, Shohsanam, Ayna A(. Shaposhnikov, «Tohir va Zuhra», «Shohsanam va Gʻarib», «Ayna»), Layli (Yu. Meytus, D. Ovezov, «Layli va Majnun») kabi partiyalarni katta isteʼdod b-n, … Читать далее

KEKILOV

KEKILOV Omon (1912.9.5, hoz. Ashxobod tumani — 1974. 13.12, Ashxobod) — Turkmanistan xalq yozuvchisi (1967), adabiyotshunos olim. Asarlarida turkman xalqi hayoti, oʻzbek-turkman xalqlari doʻstligi, mehnati va kurashi aks etgan («Doʻstlik daryosi», sheʼr; «Olgʻa», 1935; «Soʻnggi uchrashuv», 1940; «Oʻlim panjasida», 1942 dostonlari; «Sevgi» sheʼriy romani, 1—2-kitob, 1947—57 va b.). Bir qancha pyesalar muallifi. Adabiyotshunoslikka oid «Mullanafas» … Читать далее