DONISHMANDIYA DAVLATI

DONISHMANDIYA DAVLATIKappadokiya viloyati hududida boʻlgan qad. davlat (1071 — 1165). Poytaxti — Sivas sh. D. d. ga turkman amirlaridan biri — Gʻozi Ahmad ibn Ali ibn Nasr Donishmand (7—1106) asos solgan boʻlib, abbosiy xalifa Al-Qoim Biamrilloh (1031—75) unga oʻzi Rumda fath qilgan yerlar (Malotiya yoki Melitena, Sivas) ni inʼom etgan. Keyin, u oʻz davlati hududini Qastamuniy sh. ga qadar kengaytirganda, Niksor (Niksar) ni qamal qilayotganda shahid boʻlgan. Uning avlodlari (Gʻozi Muhammad ibn Donishmand, Yogʻiy Bason Abulmuzaffar Nizomuddin ibn Muhammad, Gʻozi Jamoluddin ibn Nizomuddin, Ibrohim ibn Muhammad ibn Donishmand, Abulfido Ismoil ibn Ibrohim) Amosiya (Pont), Anqira (Anqara), Korum va b. bir qancha shaharlarni fath etib, Donishmandiya davlati hududini yanada kengaytirganlar, vizantiyaliklar va salibchilarga qarshi muvaffaqiyatli urush olib borganlar, Malotiya ostonasida franklarnn tor-mor keltirganlar. Donishmandiya davlati 1165-y. saljuqiylar tomonidan tugatilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x