BAYOT

BAYOT, bayotlar — qad. oʻgʻuz qabilalaridan biri. Turkman tili lahjasida soʻzlashgan. 9 — 10-a. larda qay qabilasi bilan birga Dashti Qipchokda yirik oʻgʻuz qabilalari ittifoqiga bosh boʻlgan. 16-a. boshida shim. turkman qabilalari tazyiqi ostida Bayotning katta guruhi Sharqiy Xurosondan Amudaryoning oʻrta oqimi atroflari va Qorakoʻl vohasiga (Buxoroning gʻarbida) koʻchib kelishgan. 20-a. da turkman, ozarbayjon, oʻzbek xalqlari tarkibiga kirgan. 1920-y. da Oʻzbekistonda (Qorakoʻl tumani va Buxoro atroflarida) 1460, 1924-y. da Turkmanistonda 10,5 ming B. roʻyxatga olingan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x