KERBOBOYEV Berdi Murodovich

KERBOBOYEV Berdi Murodovich [1894.3(15).3, Tajan tumani QavqiZarang qishlogʻi — 1974.5.3, Ashxobod] — Turkmaniston xalq yozuvchisi (1967), zamonaviy turkman adabiyoti asoschilaridan. Turkmaniston FA akad. (1951). Buxorodagi madrasada tahsil olgan, Leningrad un-ti sharq f-tida oʻqigan (1927-28). Ilk hajviy sheʼrlari 1925-y. da «Turkmaniston» gaz. va «Tokmak» («Toʻqmoq») jur. da bosilgan. Dastlabki dostonlari («Yangi turmushga», 1928; «Amudaryo», 1931), hikoya va ocherklari («Maral», 1937), qissalari («Bayram», 1934; «Botir», 1935) va dramatik asarlari («Hurliqo va Hamro», 1940 va b.) turkman adabiyoti taraqqiyotiga taʼsir koʻrsatgan. «Qurbon Durdi» qissasi (1942), «Oylar» dostoni (1943), «Vatanga muhabbat» (1941), «Qardoshlar» (1943) kabi sahna asarlarida 2-jahon urushida bosqinchilarga qarshi kurash va turkman xalqining mamlakat ichkarisidagi mehnati aks etgan. «Dadil qadam» (1—3-kitoblar, 1940—55) da turkman xalqining oʻtmishi, hayoti, kurashi, ruhiy kechinmalari tasvirlangan. «Oysulton» qissasi (1949) turkman paxtakorlariga bagʻishlangan, «Nebitdogʻ» romani (1957) neftchilar faoliyati va hayoti haqida.

K. Navoiy, Hamza, Abdulla Qodiriy va b. ijodidan ilhomlangan. Oybek, Gʻafur Gʻulom va b. ning ayrim asarlarini turkmanchaga tarjima qilgan. Kerboboyevning deyarli barcha yirik asarlari oʻzbek tilida nashr qilingan. «Maxtumquli» dramasi (1943; Yashin tarjimasida) sahnalashtirilgan.

As: Dadil qadam (roman), T., 1951; Oysulton, (qissa),T., 1958; Nebitdogʻ (roman), T., 1963; Turkmaniston bahori (sheʼrlar), T., 1974.

Ad.: Inogʻomov R., Adabiy qardoshlik taronalari, T., 1972; Qurbonboyev Kerboboyev, Oʻzbek—turkman adabiy aloqalari, T., 1974.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x