VOHA CHIGIRTKASI

VOHA CHIGIRTKASI, italiya chigirtkasi (Calliptamus italicus L.) — chigirtkalar oilasiga mansub zararkunanda hasharot. Erkagi tanasining uz. 14,5—24 mm, urgʻochisiniki 24—41 mm. Baquvvat tanasi toʻq qoʻngʻirdan och kulrang yoki sargʻish kulranggacha. Tuxumli koʻzachasining kattaligi 14—41 mm boʻlib, koʻpincha uvatlarga, dala, yoʻl chetlari, partav yerlardagi chimga qoʻyadi. Yevropa, Shim. Afrika, Xitoy, Kavkaz, Gʻarbiy Sibir, Jan. Oltoy oʻlkasi, … Читать далее

BUBKA Sergey Nazarovich

BUBKA Sergey Nazarovich (1963) — ukrainalik sportchi (yengil atletika). Olimpiya oʻyinlari (1988), jahon (1983, 1987, 1991, 1995, 1997), Yevropa (1986) chempioni. Jahon va Yevropa kubogi musobaqalarining gʻolibi boʻlgan, bir necha marta jahon rekordi oʻrnatgan. Sport tarixida ilk bor langar choʻp bilan 6 m balandlikdan oshib oʻtgan. Пост Навигацияси

VOSITACHILIK

VOSITACHILIK (diplomatiyada) — ikki yoki bir necha davlatlar oʻrtasida muzokaralar olib borilishini yoʻlga qoʻyish va muzokaralar jarayonida ishtirok etib, ular muvaffaqiyatini taʼminlovchi vositalardan biri. Vositachilik vazifasini, odatda, nufuzli davlatlar, xalqaro tashkilotlar vakillari bajaradilar. Mashʼum «sovuq urush» tugallanib, Sharq b-n Gʻarb oʻrtasidagi munosabatlarda muxolifliqdan muloqotlarga oʻtilishi sharoitida mahalliy mojarolarni tinch yoʻl bilan hal qilish uchun Vositachilikdan … Читать далее

BRYULLOV Karl Pavlovich

BRYULLOV Karl Pavlovich [1799. 12 (23). 12, Peterburg 1852.11(23).6, Marchano, Rim yaqinida] — rus rassomi. Peterburg BAda taʼlim olgan (180921). 182335-y. lar va 1850-y. dan Italiyada yashagan. 1836-y. dan Peterburg klassitsizm oqimiga romantizm va hayotdan zavqlanish kayfiyatini olib kirdi. Asarlari insonning goʻzal, nafis histuygʻularini kuylashi («Virsaviya», 1812), obrazlarining dramatik qudrati («Pompeyning soʻnggi kuni», 1830 — … Читать далее

VOMBATLAR

VOMBATLAR (Vombatidae yoki Phascolomyidae) — xaltalilar oilasi. Avstraliyada miotsendan boshlab maʼlum. Uz. 67—105 sm, vazni 15—27 kg. Dumi rudimentar, oyoklarida yirik tirnoqlari bor. Sut bezi soʻrgʻichi 2 ta. Tishlari doimo oʻsib turadi, kurak tishlarining orqa tomoni emalsiz. Jan.-Sharqiy Avstraliya, Tasmaniya va Flindere o. larida uchraydi. Pasttekislik, togʻ oʻrmonlari va savannalarda yashaydi. 30 m gacha uzunliqda … Читать далее

BRUNEY

BRUNEY, BruneyDorussalom (Brunei Darussalam) — Jan. sharqiy Osiyodagi davlat. Kalimantan o. ning shim. da joylashgan. Mayd. 5,8 mingkm2, aholisi 300 ming kishi (1996). Poytaxti — BandarSeriBegavan sh. Maʼmuriy jihatdan 4 okrugga boʻlinadi. Davlat tuzumi. Bruney — konstitutsiyali monarxiya (sultonlik). Hamdoʻstlik tarkibiga kiradi. Amaldagi konstitutsiya 1959-y. 29 sent. da qabul qilingan. Davlat boshligʻi — sulton. Mamlakatdagi … Читать далее

VOLTMETR

VOLTMETR — elektr zanjiridagi kuchlanishni oʻlchaydigan asbob. Kuchlanishni volt yoki millivoltlarda koʻrsatadi. Asbob shkalasi voltlarda, millivoltlar va mikrovoltlarda koʻrsatadigan darajalarga boʻlingan. Shuning uchun Voltmetrning bir yoki koʻp diapazonli ampermetr, ommetr va baʼzi boshqa kattaliklarni oʻlchashga moslashtirilgan qurilmalar bilan birga yasalgan universal va raqamli xillari bor; ular magnitoelektrik, elektromagnit, issiqlik, elektrostatik, elektrodinamik, lampali, yarimoʻtkazgichli va mikrosxemali … Читать далее

BRONXIAL ASTMA

BRONXIAL ASTMA (yun. asthma boʻgʻilish) , ziqnafas — mayda bronxlarning torayishi, shilliq pardasining koʻchishi va ichiga shilimshiq tiqilishi, bronxial oʻtkazuvchanlikning buzilishi, harakat faoliyatining izdan chiqishi natijasida vaqtbevaqt nafas qisishi va boʻgʻilish xuruji bilan oʻtadigan allergik kasallik (q. Allergiya). B. a., odatda, toʻsatdan, aksari kechasi tutib, bir necha soatdan bir necha kungacha davom etadi. Bronxial astma … Читать далее

BROMIDLAR

BROMIDLAR, tabiiy bromidlar — kamyob minerallar guruhi, kumushning galogenli birikmasi. Asosiy minerallari: bromargirit (AgBr), embolit Ag (C1, Vg). Tuzilishi tosh tuzi tipiga mansub. Minerallar guruhining fizik xususiyati juda oʻxshash. Bromidlar donalari sariq yoki sargʻishyashil rangda, kristallari kub yoki oktaedr koʻrinishida, olmos kabi yaltiroq; yumshoq, baʼzan egiluvchan. Qattiqligi 2—2,5; s. or. 5,7 dan (embolit) 6,5 (bromargirit) … Читать далее