BROMIDLAR

BROMIDLAR, tabiiy bromidlar — kamyob minerallar guruhi, kumushning galogenli birikmasi. Asosiy minerallari: bromargirit (AgBr), embolit Ag (C1, Vg). Tuzilishi tosh tuzi tipiga mansub. Minerallar guruhining fizik xususiyati juda oʻxshash. Bromidlar donalari sariq yoki sargʻishyashil rangda, kristallari kub yoki oktaedr koʻrinishida, olmos kabi yaltiroq; yumshoq, baʼzan egiluvchan. Qattiqligi 2—2,5; s. or. 5,7 dan (embolit) 6,5 (bromargirit) gacha. Bromidlar faqat quruqchoʻl iqlimli oblastlarda tarkibida kumush boʻlgan sulfidlarning oksidlanish zonalaridagi konlarda uchraydi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x