BULOQSOY

BULOQSOY — Namangan viloyatidagi soy, Kosonsoyaem suv oladi. B. Namangan sh. gacha tog va adirlardan, sung tekisliklardan oqadi. Sirdaryoga yetmasdan tugaydi. Uz. 45 km. Bahor oylarida qor va yomgir suvi hisobiga toʻyinadi. Пост Навигацияси

VAZA

VAZA (frans. vase, lot. vas — idish) — meva, gul va b. narsalar uchun ishlatiladigan badiiy buyum. Sopol, shisha, chinni, metall va b. xom ashyolardan turli shakllarda yasaladi, boʻyama, oʻyma, chizma va boʻrtma naqsh, tasvirlar bilan bezatiladi. Vaza tayyorlash va bezash antik sanʼatda muhim oʻrin egallagan: kora va qizilga boʻyalgan tayyor Vazaga rassom naqsh, tasvir … Читать далее

VYURTSIT

VYURTSIT (fransuz kimyogari Sh. Vyurts nomidan) — mineral. Kimyoviy formulasi R—ZnS. Sfaleritning polimorf turi. Geksagonal singoniyali. Tolasimon, varaqsimon, yelpigʻichsimon, kollomorf kristallar. Rangi sariq, qoʻngʻir. Yaltiroqligi shishasimon, olmossimon. Qattikdigi 3,5—4. S. ogʻ. 4—4,5. Gidrotermal yertomirlarda hosil boʻladi. Tabiatda kam uchraydi. Oʻzbekistonda V. Novgarzon (Qurama tizmasi)dagi qalay va Uchquloch (Oʻzbekiston gʻarbi)dagi polimetall konlarida topilgan. V. Qozogʻistonda (Qizilespe), … Читать далее

BUYVOLLAR

BUYVOLLAR (Bubalus) — quvushshoxlilar oilasiga mansub juft tuyoqlilar urugʻi. Tanasining uz. 100— 290 sm, dumi 15—90 sm, boʻyi 62—180 sm, ogʻirligi 150—1200 kg. Gavdasi yoʻgʻon, boʻyni va oyoklari kalta va kuchli. Juni kalta va siyrak, dumining uchida shokila hosil qiladi. Buqasining boʻyni ostida terisi osilib turadi. 3 turi: anoa, Osiyo buyvoli va Afrika buyvoli bor … Читать далее

VULKANIZM

VULKANIZM — magmaning yer qaʼridan yer yuzasiga otilib chiqishi b-n bogʻliq boʻlgan hodisalar majmui. Vulkanizm natijasida harakatga kelgan magma Yer poʻstida qotgach, intruziv jinslarni va yer yuzasiga otilib chiqib vulkan jinslarini hosil qiladi. Vulkanizm jarayonlari Yer poʻstining chuqur qismlarida boʻlganda magma oʻchoqlari va kanallari hosil boʻladi, ularning atrofidagi togʻ jinslari yuqori harorat va magmaning taʼsir … Читать далее

BUJGʻUN

BUJGʻUN — pista daraxtining magiz qilmay, bujmayib qolgan meva (pista)si. Bujgʻun ipak boʻyogʻiga xurush oʻrnida (6 kg ipak boʻyogʻiga 1 kg siyopar va 400 g B.) solinadi. Bujgʻun ipakning rangini aynitmaydi. Ayrim oʻsimliklarning organlarida viruslar, bakteriyalar, zamburugʻlar, kanalar, hasharotlar taʼsirida vujudga keladigan patologik oʻsimtalar (gallalar, setsidiyalar) ham Bujgʻun deb ataladi. Dukkakli oʻsimliklarning ildizida tuganak bakteriyalari … Читать далее

VROSLAV

VROSLAV — Polshaning jan.gʻarbidagi shahar. Vroslav voyevodaligining maʼmuriy markazi. Odra daryosi boʻyidagi port. Aholisi 640 mingdan ziyod kishi (1990-y. lar oʻrtalari). Vroslav yilnomalarda dastlab 980-y. da Breslavl nomi bilan tilga olingan. Bir necha asr nemislar qoʻl ostida (1945-y. gacha) Sileziyaning bosh shahri (Breslau) boʻlgan. Vroslav yirik sanoat shahri va muhim t. y. tuguni. Transport mashinasozligi, … Читать далее

BUDAPESHT

BUDAPESHT — Vengriya poytaxti, Pesht medyesining maʼmuriy markazi. Mamlakatning siyosiy, iqtisodiy va madaniy markazi. Oʻrta Dunay pasttekisligida, Dunay daryosining har ikki sohilida joylashgan. Iqiimi moʻtadil kontinental, yanv. ning oʻrtacha t-rasi 0 dan —3° gacha, iyulda 21—22°. Aholisi 2 mln. kishidan ziyod (1990-y. lar oʻrtalari). Budapesht 1872-y. da tarixan tashkil topgan 3 kiyem: Buda, Obuda va … Читать далее