GAMAZIDLAR

GAMAZIDLAR (Gamasoidea) — parazitoform kanalarning katta oilasi, 20 oila, 3000 turdan iborat. Tanasining uz. 0,3—4 mm, sargʻish jigarrang, oyoqlari tirnogʻining ostida xoʻjayin tanasida oʻrmalab yurishga moslashgan soʻrgʻichlari bor. Ogʻiz organlari qon soʻrishga moslashgan, qorin qismining ikki yonida nafas teshiklari boʻladi. Gamazidlar qushlar tanasi, burun boʻshligʻi, oʻpkasi va havo xaltachalarida; ayrim turlari kemiruvchi hayvonlar inida va tanasida yashaydi. Gamazidlar tuxum qoʻyib, ayrimlari tirik tugʻib koʻpayadi. Tuxumdan chiqqan mayda nimfalar 2-marta tullab voyaga yetadi. Bir yilda 8—10-marta nayel qoldiradi. Gamazidlar otlarga ensefalomiyelit, parrandalarga spiroxetoz kasalligini qoʻzgʻatuvchi parazitlarni tarqatadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x