BAKTERIOLIZ

BAKTERIOLIZ — bakteriyalarning antitelolar, bakteriofaglar, lizotsim, antiseptiklar, ximioterapevtik moddalar, autoliz taʼsirida erishi, immun reaksiyalarning bir turi. Bakterioliz bakteriya hujayrasi devoridagi peptidoglikon va sitoplazma membranasining yemirilishidan iborat. Spetsifik (bakteriofaglar, bakteriolizinlar, lizotsim taʼsirida) va nospetsifik (ayrim gidrolitik fermentlar, fizik va kimyoviy omillar ishtirokida) Bakterioliz farq qilinadi. Bakterioliz odam va hayvonlar organizmida mikrobga qarshi antitelolar taʼsirida roʻy beradi. … Читать далее

BADBOʻYLAR

BADBOʻYLAR, skunslar (Mephitinae) — susarlar kenja oilasiga mansub sut emizuvchilar. Anal bezlari yirtqich hayvonlarni choʻchitadigan juda badboʻy hidli suyuqlik ishlab chiqaradi. 9—11 turi, 3 urugʻi (chipor Badboʻylar — SpUogale, choʻchqaburun Badboʻylar — Conepatus, yoʻl-yoʻl Badboʻylar — Mephitis) maʼlum. Yoʻl-yoʻl Badboʻylar tanasining uz. 28—38 sm, moʻynasi qalin, yumshoq, qoramtir-qoʻngʻir rangda. Tanasining orqa tomonida boshidan dumigacha keng … Читать далее

VIZILDOQ QOʻNGʻIZLAR

VIZILDOQ QOʻNGʻIZLAR (Carabidae) — yirtqich qoʻngʻizlar kenja turkumi oilasi. Uz. 12—90 mm, tanasi odatda choʻziq, moʻylovlari koʻpincha ipsimon, oyoklari uzun, yuguruvchan. Ustqanotlari koʻpincha choklar orqali oʻzaro yopishib ketgan, ostqanotlari rivojlanmagan. Rangi aksariyat hollarda qora yoki qoʻngʻir, metallga oʻxshash yaltiroq, iazan chipor. Koʻpchilik turlarida himoya suyuqligi ishlab chiqaradigan anal bezlari boʻladi. Vizildoq qoʻngʻizlar tuproqda va uning … Читать далее

BURCHAKTISHLAR

BURCHAKTISHLAR, burchak tishli tritonlar (Hynobius) — dumli amfibiyalar urugʻi. Tanglay tishlari burchak shaklida qayrilgan. 18 ta turi bor. Sharqiy Osiyo va Sibirda tarqalgan. Sibir burchaktishi yoki toʻrt barmoqli triton (Hynobius Keyserlingii) ning uz. 13 sm gacha, dumi 6 sm ga yaqin, tanasining orqa va yon tomonlari boʻz rangda, ustida mayda xollari va och rang yoʻllari … Читать далее

BURGANSOY RASMLARI

BURGANSOY RASMLARI — Nurota togʻ tizmasining jan. yon bagʻridagi Tasmachisoyning chap irmogʻi qoyatoshlariga ishlangan tasvirlar. Navoiy viloyati Xatirchi tumanы hududida. 1980-y. larda arxeolog M. Xoʻjanazarov tomonidan topilgan, oʻrganilmoqda. Tadqiqotchilarning fikricha, Burgansoy rasmlarining eng kad. lari mil. av. 2-ming yillikka mansub, mil. av. 6—1a. larga oidlari ham uchraydi. Rasmlar qattiq buyumlar bilan uriboʻyib, asosan soya, shakl … Читать далее

VITAMINLI OʻSIMLIKLAR

VITAMINLI OʻSIMLIKLAR — bargi, mevasi, guli va b. organlarida vitaminlar yoki provitaminlar (vitaminlar paydo boʻladigan birikmalar) mavjud boʻlgan oʻsimliklar. Turli oʻsimliklarda vitaminlar miqdori bir xil emas, vitaminlar oʻsimlik bargida, generativ organlarda (mevasida, uru gʻida) yoki ayrim qismlarida (urugʻ qobigʻida, murtagida) toʻplanishi mumkin. A provitaminlar (karotin) asosan ildizmevalardan sabzida, pomidor, qovoq, koʻk noʻxat, naʼmatak, smorodina, oblepixa, … Читать далее

BOSH MIYA

BOSH MIYA — odam va umurtqali hayvonlar markaziy nerv sistemasiniit oliy qismi; kalla suyagi boʻshligʻida joylashgan; u umurtqa pogʻonasi kanalidagi orqa miya bilan markaziy nerv sistemasini tashkil etadi. Bosh miya uzunnoq miya, miya koʻprigi, oʻrta miya, miyacha, miya oyokchalari va katta yarim sharlardan iborat. Uzunchoq miya orqamiya bilan miya koʻprigi oraligʻida joylashgan, uning ichki qismi … Читать далее

VIVARIY

VIVARIY (lot. vivus — jonli) — turli hayvonlar, aksariyat tajriba-eksperimental ishlarda foydalaniladigan hayvonlar asraladigan bino, hayvonxona. Vivariydan hayvonlarni koʻpaytirish pitomnigi tarzida foydalanish ham mumkin. Odatda, Vivariy larda it, mushuk, quyon, sichqon, dengiz choʻchqasi va b. saklanadi. Vivariy tarkibiga akvarium, insektoriy, terrarium, qushlar uchun volyerlar ham kirishi mumkin. Пост Навигацияси

VETERINARIYA-SANITARIYA STANSIYASI

VETERINARIYA-SANITARIYA STANSIYASI — shahar, shahar atrofidagi jamoa, shirkat, aksionerlik va fermer xoʻjaliklarining chorvachilik obyektlariga, shuningdek teri, jun mahsulotlarini qayta ishlaydigan korxonalar hamda oziq-ovqat korxonalariga xizmat qiluvchi muassasa. U maxsus mashinalar bilan jihozlangan boʻladi. V.-s. s. xizmat qilayotgan hududdagi chorvachilik va b. binolarni, hayvon xom ashyolariii dezinfeksiya qiladi; oʻlgan hayvonlarni utilizatsiya korxonalariga, musodara qilingan mahsulotlarni, goʻshtni … Читать далее

BOYSUNTOGʻ

BOYSUNTOGʻ — Hisor togʻ tizmasining eng uzun jan. gʻarbiy tarmogʻi. Surxondaryo viloyatining asosan Boysun, qisman Sariosiyo tumanlari hududida joylashgan. Shim. sharkdan jan. gʻarbga 150 km ga choʻzilgan. Eng baland joyi — 4425 m (Xoʻjapiryox togʻi). B. ning ayrim qismlari turli nomda ataladi: (shim. sharqdan jan. gʻarbga) Qushtang (3723 m), Ketmonchopti, Sarimas (1886 m), Suvsiztogʻ (2124 … Читать далее