YUVUVCHI VOSITALAR

YUVUVCHI VOSITALAR (tozalovchi vositalar) — turli materiallar sathidagi, inson va hayvonlar tanasidagi kirlarni yuvish uchun qoʻllanadigan modda yoki moddalar aralashmasi. Yuvuvchi vositalar tarkibiga sintetik yuvuvchi moddalar (sovunga oʻxshash sirt faol moddalar) va turli qoʻshimcha vositalar (mineral tuzlar, organik birikmalar va boshqalar) kiradi. Yuvuvchi vositalar sifatida qadimdan ishqoriy tuzlar (potash, tabiiy soda), gidrofil loylar (mas, gilvata), … Читать далее

YENGIL SANOAT

YENGIL SANOAT — xilma-xil xom ashyodan keng isteʼmol mahsulotlari va buyumlari i. ch. ga ixtisoslashgan sanoat tarmoqlari majmui. Yengil sanoatda xom ashyoga ham dastlabki ishlov berish, ham tayyor mahsulot i. ch. amalga oshiriladi. Yengil sanoatda paxta, ipak, zigir, kanop, jut tolalari, hayvonlar terisi, juni, sunʼiy tolalar, sunʼiy charm xom ashyo sifatida foydalaniladi. Uning asosiy tarmoqlari … Читать далее

GʻIROT

GʻIROT, Gʻirkoʻk — «Goʻroʻgʻli» turkumi dostonlaridagi afsonaviy ot obrazi. Dostonlarda tasvirlanishi-cha, Goʻroʻgʻlini emizgan baytal bilan Xuroson koʻlidan chiqib kelgan aygʻir («suv oti»)dan urgʻochi qulun tugʻiladi. Goʻroʻgʻli bu qulunni tarbiyalab voyaga yetkazadi va uch yashar boʻlgach, Rayhon arabning tulporlaridan nasl oladi. Natijada Gʻirot tugʻiladi. U yetti kunlik boʻlganida, onasi oʻladi. Goʻroʻgʻli unga turli hayvonlar sutini berib … Читать далее

BIOMETEOROLOGIYA

BIOMETEOROLOGIYA — ekologiyaning boʻlimi; atmosfera muxitining geofizik va kimyoviy omillari bilan tirik organizmlar oʻrtasidagi bevosita va bavosita aloqalarni hamda iqlim va obhavo b-n tirik organizmlar oʻrtasidagi oʻzaro taʼsirni oʻrganadi. Oʻsimliklar B. si, hayvonlar B. si va odam B. siga boʻlinadi. Oʻsimliklar Biometeorologiyasi atrof muhit barcha komponentlarining ham tabiiy sharoitlarini, ham odamning oʻsimliklar olamiga koʻrsatadigan turli … Читать далее

BIOGEOKIMYOVIY PROVINSIYALAR

BIOGEOKIMYOVIY PROVINSIYALAR — organizmlar tarkibidagi kimyoviy element (birikma) ning mikdoriga koʻra bir-biridan farqqiladigan oblastlar. Biogeokimyoviy provinsiyalarda ayrim kimyoviy elementning kam yoki ortiq boʻlishi oqibatida oʻsimliklar va hayvon organizmlarida turli biologik oʻzgarishlar roʻy beradi. Biogeokimyoviy provinsiyalar kichik maydonni yoki butun qitʼani oʻz ichiga olishi mumkin. Biogeokimyoviy provinsiyalarni Oʻzbekistonda birinchi boʻlib M. A. Rish oʻrgandi (1960). U … Читать далее

VASVASA

VASVASA — odamda gʻayritabiiy, haqiqatga toʻgʻri kelmaydigan, xato, bemaʼni gʻoyalarning paydo boʻlishi, fikrlash va faraz qilish qobiliyatining buzilishi, ruhiy kasalliklarning asosiy belgilaridan biri. Vasvasaga uchraganlarning aql-farosati, ongi teran boʻlsa ham, baʼzi voqea va hodisalar toʻgʻrisidagi fikr-mulohazalari oʻzgarib, notoʻgʻri xulosalar chiqaradilar. Mac, hayotda sodir boʻlayotgan voqealarni tartib bilan soʻzlab bersalar ham, ularning mazmun va mohiyatini izohlashda … Читать далее

VAKUOLALAR

VAKUOLALAR (frans. Vakuole, lot. vacuus — boʻsh) — oʻsimlik va hayvonlar hujayrasida ichi suyuqlik bilan toʻlgan, sitoplazmadan membrana bilan ajralib turadigan boʻshliq. Bir hujayralilarda ferment bilan toʻlgan hazm qilish Vakuolalari, osmoregulyatsiya va ayirish funksiyasini bajaruvchi, qisqaruvchi Vakuolalar, koʻp hujayrali hayvonlar hujayrasida esa ikkilamchi lizosomalar guruhiga mansub va oʻzida gidrolitik ferment saqlovchi, hazm qiluvchi va avtofaglovchi … Читать далее

BOʻSHLIQICHLILAR

BOʻSHLIQICHLILAR, kovakichlilar (Coelenterata) — tuban tuzilgan suvda yashovchi umurtqasiz hayvonlar tipi. Boʻshliqichlilar eng kad. koʻp hujayralilar, vend davridan maʼlum. Koʻpchilik turlari dengizlarda yakka yoki koloniya boʻlib yashaydi. Dengiz B. ning hayot siklida oʻtroq yashovchi polip va erkin suzib yuruvchi meduza davrlari gallanib turadi (metagenez). Ayrim Boʻshliqichlilar (gidralar, korall poliplar) ning meduza davri boʻlmaydi, baʼzi ssifomeduzalar … Читать далее

VIRUSLAR

VIRUSLAR (lot. virus — zahar) — faqatgina tirik hujayralarda koʻpayib, oʻsimlik, hayvon va odamda yuqumli kasallik qoʻzgʻatuvchi mikroorganizmlar. Oʻtmishda «Viruslar» termini har xil kasallik qoʻzgʻatuvchilarga, ayniqsa nomaʼlum agentlarga nisbatan qoʻllanilgan. Fransuz olimi L. Paster bir qancha kasalliklarning kelib chiqishida bakteriyalarning rolini isbotlab berganidan soʻng Viruslar tushunchasi «mikrob» soʻzining sinonimi sifatida qoʻllanila boshlandi. Kasallik qoʻzgʻatuvchi bu … Читать далее

BIYLAR

BIYLAR, tarantullar (Lucosa) — oʻrgimchakboʻrilar (Lucosidae) oilasiga mansub oʻrgimchaklar urugʻi. Tanasining uz. 3,5 sm gacha. Sizot suvlari yuza joylashgan nam tuprokli joylar (ariq va zovurlar boʻyi, ekin ekilgan maydonlar chekkasi, dare boʻylari)da 60 sm gacha chuqurliqda tik qazilgan uyalarida yashaydi. Biylar tungi hayvon, oʻlja (turli hasharotlar) tutgani inidan kechasi chiqadi. Yozda (iyun — iyul) oʻrgimchak … Читать далее