BIOGEOKIMYOVIY PROVINSIYALAR

BIOGEOKIMYOVIY PROVINSIYALAR — organizmlar tarkibidagi kimyoviy element (birikma) ning mikdoriga koʻra bir-biridan farqqiladigan oblastlar. Biogeokimyoviy provinsiyalarda ayrim kimyoviy elementning kam yoki ortiq boʻlishi oqibatida oʻsimliklar va hayvon organizmlarida turli biologik oʻzgarishlar roʻy beradi. Biogeokimyoviy provinsiyalar kichik maydonni yoki butun qitʼani oʻz ichiga olishi mumkin. Biogeokimyoviy provinsiyalarni Oʻzbekistonda birinchi boʻlib M. A. Rish oʻrgandi (1960). U Oʻzbekiston hududini uchta katta Biogeokimyoviy provinsiyalarga ajratgan: 1. Avtomorf provinsiya gipsli, qumli choʻllar va tog atrofi chala choʻllarini oʻz ichiga oladi. Bu provinsiyalarning tuprogʻi tarkibida mikroelementlar mikdori kam boʻladi. 2. Gidromorf provinsiya — qayirlar, katta dare deltalari va yer osti suvlariga yaqin qiyaliklarni oʻz ichiga oladi. Unda marganes, molibden, bor mikroelementlari toʻplangan, tuprokda organik elementlar mikdori yetarli boʻladi. 3. Togʻlik va interzonal provinsiyalarga Zarafshon, Turkiston tizmalari va ularning garbiy tarmoklari atrofi kirdsi. Ayrim joylardagi tuproklar molibden, vanadiy, xrom va b. mikroelementlarga boy. Tuprokdagi mis mikdoriga binoan Oʻzbekiston hududi yana 2 katta provinsiyaga boʻlinadi: 1. Mis kam bulgan provinsiya — bu yerdagi hayvonlar koʻpincha enzootik ataksiya va dermatit kasalliklariga yoʻliqadi. Oʻzbekistonda xronik formadagi bu kasalliklarni xalq burang, boʻriq, belangi, belqurti, boyqush xatlagan, choʻnqayma deb ataydi. Bu kasallik koʻpincha qoʻzi va uloklarda uchraydi. 2. Mis mikdori oʻrtacha boʻlgan provinsiya; bu yerdagi chorva mollari kup kasallanmaydi. Joylarni Biogeokimyoviy provinsiyalarga boʻlish q. x. da kimyoviy elementlardan ratsional foydalanishda, zootexnikada va b. sohalarda katta ahamiyatga ega.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x