VOHIDOV Erkin Vohidovich

VOHIDOV Erkin Vohidovich (1936.28.12, Fargʻona viloyati Oltiariq tumani) — shoir, dramaturg, jamoat arbobi. Oʻzbekistan xalq shoiri (1987), Oʻzbekiston Qahramoni (1999). ToshDU filol. f-tini tugatgan (I960). «Yosh gvardiya» nashriyotida muharrir, bosh muharrir (1960—63; 1975—82), Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyotida muharrir, bosh muharrir (1963—70), direktor (1985 — 87), «Yoshlik» jur. bosh muharriri (1982-85). Ilk, sheʼriy … Читать далее

BOʻSHLIQICHLILAR

BOʻSHLIQICHLILAR, kovakichlilar (Coelenterata) — tuban tuzilgan suvda yashovchi umurtqasiz hayvonlar tipi. Boʻshliqichlilar eng kad. koʻp hujayralilar, vend davridan maʼlum. Koʻpchilik turlari dengizlarda yakka yoki koloniya boʻlib yashaydi. Dengiz B. ning hayot siklida oʻtroq yashovchi polip va erkin suzib yuruvchi meduza davrlari gallanib turadi (metagenez). Ayrim Boʻshliqichlilar (gidralar, korall poliplar) ning meduza davri boʻlmaydi, baʼzi ssifomeduzalar … Читать далее

BAXTIYORIILAR

BAXTIYORIILAR — Eronning asosan jan.-gʻarbi (Baxtiyoriya)da yashovchi koʻchmanchi va yarim koʻchmanchi qabilalar. Soni I mln. kishi (1992). Baxtiyoriilar fors tilida soʻzlashadi. Islom diniga eʼtiqod qilishadi. Baxtiyoriilarda qabila-urugʻchilik tartiblari hanuzgacha saqlangan. Baxtiyoriilar asosan ikki uyushma (haftlanglar va chahorlanglar) ga boʻlingan. Uyushmalarni ilxonlar, urugʻlarni esa xonlar boshqaradi. B. Eronning eng qad. xalqlaridan boʻlib, markaziy hokimiyatga boʻysunmay, doimo … Читать далее

BADBOʻYLAR

BADBOʻYLAR, skunslar (Mephitinae) — susarlar kenja oilasiga mansub sut emizuvchilar. Anal bezlari yirtqich hayvonlarni choʻchitadigan juda badboʻy hidli suyuqlik ishlab chiqaradi. 9—11 turi, 3 urugʻi (chipor Badboʻylar — SpUogale, choʻchqaburun Badboʻylar — Conepatus, yoʻl-yoʻl Badboʻylar — Mephitis) maʼlum. Yoʻl-yoʻl Badboʻylar tanasining uz. 28—38 sm, moʻynasi qalin, yumshoq, qoramtir-qoʻngʻir rangda. Tanasining orqa tomonida boshidan dumigacha keng … Читать далее

VIZILDOQ QOʻNGʻIZLAR

VIZILDOQ QOʻNGʻIZLAR (Carabidae) — yirtqich qoʻngʻizlar kenja turkumi oilasi. Uz. 12—90 mm, tanasi odatda choʻziq, moʻylovlari koʻpincha ipsimon, oyoklari uzun, yuguruvchan. Ustqanotlari koʻpincha choklar orqali oʻzaro yopishib ketgan, ostqanotlari rivojlanmagan. Rangi aksariyat hollarda qora yoki qoʻngʻir, metallga oʻxshash yaltiroq, iazan chipor. Koʻpchilik turlarida himoya suyuqligi ishlab chiqaradigan anal bezlari boʻladi. Vizildoq qoʻngʻizlar tuproqda va uning … Читать далее

VIVEKANANDA

VIVEKANANDA Svami (asl nomi Narendranatx Datta) (1863.12.1, Kalkutta — 1902.4.1, Belur) — hind mutafakkiri, diniy islohotchi va jamoat arbobi. 1880—84 y. larda Kalkutta untida falsafani oʻrgandi. Ramakrishna taʼlimoti bilan tanishdi. 1893-y. vedanta taʼlimotini targʻib qilish maqsadida AQSH, Buyuk Britaniya, Xitoy, Yaponiyaga safar qildi. 1897-y. «Ramakrishna hidoyati» diniy-islohotchilik jamiyatiga asos soldi. Vivekananda «Hindistonni qayta tiklash» oqimining … Читать далее

BRONXIAL ASTMA

BRONXIAL ASTMA (yun. asthma boʻgʻilish) , ziqnafas — mayda bronxlarning torayishi, shilliq pardasining koʻchishi va ichiga shilimshiq tiqilishi, bronxial oʻtkazuvchanlikning buzilishi, harakat faoliyatining izdan chiqishi natijasida vaqtbevaqt nafas qisishi va boʻgʻilish xuruji bilan oʻtadigan allergik kasallik (q. Allergiya). B. a., odatda, toʻsatdan, aksari kechasi tutib, bir necha soatdan bir necha kungacha davom etadi. Bronxial astma … Читать далее

BO SZYUYI

BO SZYUYI (772-846) xitoy shoiri. Oʻz davri tuzumi tartibotlarini tanqid qilgani uchun taʼqib qilingan. 3 mingga yaqin sheʼr yozgan. Xalqorasida mashhur boʻlgan. Bo Szyuyi lirik sheʼrlarida hayot quvonchlari, insonga boʻlgan samimiy muhabbat oʻz aksini topgan. «Mangu sogʻinch haqida qoʻshiq», «Ud» («Arfa») poemalari bor. 10 sheʼrdan iborat «Sin naqoratlari», 50 sheʼrdan iborat «Yangi xalq qoʻshiqlari» tuplamlarida … Читать далее

BIOINDIKATORLAR

BIOINDIKATORLAR (bio… va lot. indico—koʻrsataman, aniqlayman) — soni yoki rivojlanish xususiyatlarining oʻzgarishi orqali yashash muhitida sodir boʻlayotgan tabiiy jarayonlar, sharoit yoki antropogen oʻzgarishlardan darak beruvchi tirik organizmlar. Koʻpchilik organizmlar yashash muhiti omillari (tuproq, suv va atmosferaning kimyoviy tarkibi, ikdim va obhavo sharoiti, boshka organizmlarning boʻlishi va b.)ga juda sezgir boʻlib, bu omillar muayyan, koʻpincha cheklangan … Читать далее

BERUNIY

BERUNIY Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad (973.4.9, qad. Kot (Kat) sh. — 1048.11.12. Gʻazna (hoz. Afgʻonistonda) — ulugʻ oʻzbek mutafakkir olimi, oʻrta asrning buyuk daholaridan. Oʻz zamonasining hamma fanlarini, birinchi navbatda falakiyot (astronomiya), fizika, riyoziyot (mat.), ilohiyot, maʼdanshunoslik fanlarini puxta egallagan. Bu fanlar taraqqiyotiga qoʻshgan hissasi bilan uning nomi dunyo fanining buyuk siymolari qatoridan joy … Читать далее